Yana bir o‘ta arzon smartfon – Redmi 9i taqdimot kuni, narxi va xususiyatlari rasman e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  2697
  •  10.09.2020 11:29

Yana bir o‘ta arzon smartfon – Redmi 9i taqdimot kuni, narxi va xususiyatlari rasman e’lon qilindi

Xiaomi korporatsiyasi iyunning so‘ngida atigi 84 dollardan boshlanuvchi Redmi 9A hamda Redmi 9C smartfonlarini namoyish qilgan edi. Ular Redmi brendining ushbu turkumdagi eng arzon modellari sifatida maydonga tushgan, keyinroq esa...

O‘QING: Redmi eng arzon uchta smartfonini global bozorga taqdim etdi

«Xitoycha Apple» endi mazkur turkumning yana bir vakili – Redmi 9i modelining taqdimotini rasman e’lon qildi. Uning namoyishi 15 sentyabr kuni Hindistonda bo‘lib o‘tadi.

Xiaomi bu smartfonini o‘sha Redmi 9A bazasida tayyorlagan va, katta ehtimol bilan, tashqi ko‘rinishi ham bir xil. Redmi 9i plastik korpusga va 6,53 dyuymlik HD+ displeyga ega ega.

Redmi 9A modeli 2 va 3 gigabaytlik tezkor xotirali variantlarda chiqqan bo‘lsa, Redmi 9i smartfonida bu ko‘rsatkich 4 gigabaytga yetkazilgan. Uning doimiy xotirasi 34 gigabaytlik bo‘lib, yana microSD-karta ham tushadi.

Xiaomi bu qurilmasini o‘yinbop MediaTek Helio G25 protsessori asosida tayyorlagan va MIUI 12 grafik qobig‘i bilan taqdim etadi.

XiaomiRedmi va Poco smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Eski modellardagi 14 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga barqaror MIUI 12 kela boshladi

Yangi smartfon batareyasi 5000 mA/soatlik bo‘lishi aytilmoqda. Uning bosh kamerasi ham yangilanishi kutilmoqda; Redmi 9A modelida esa u 13 megapiksellik yakka datchikdan iborat.

Redmi 9i modeli Hindistonda taxminan 110 AQSh dollariga teng narxda sotilishi kutilayotir. Uning boshqa mamlakatlar bozoriga chiqishi hozircha aniq emas.

O‘QING: Poco M2 ham taqdim etildi – brendning eng arzon smartfoni!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!