Yangi protsessorli, hamyonbop Galaxy A21s: rasmlari, narxi va xususiyatlari

  •   DiMaX
  •  82109
  •  14.05.2020 09:54

Yangi protsessorli, hamyonbop Galaxy A21s: rasmlari, narxi va xususiyatlari

Janubiy koreyalik korporatsiya Galaxy A21 modelining yanada yaxshilangan versiyasi – Galaxy A21s smartfonini tayyorlagan. Biz avvalroq uning Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgani haqida yozgandik, keyin esa birinchi rasmiy videosini ham chiqarganmiz.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy A21s – ulkan akkumulyatorli va «ko‘zi o‘tkir» smartfon

 Nemis insayderi Roland Kuandt (Roland Quandt) ushbu hamyonbop smartfonning deyarli barcha texnik jihatlari, sifatli suratlari va hatto narxini ham e’lon qildi.

Galaxy A21s plastik korpusli bo‘lib, tashqi ko‘rinishi Galaxy M, Galaxy A hamda Galaxy S turkumlaridagi so‘nggi modellarga o‘xshash. Uning keng formatli IPS-displeyi diagonaliga 6.5 dyuymlik o‘lchamga ega. Ekran tasvir aniqligi HD+ formatida, ya’ni 1600x720 piksellik. Displeyning yuqori o‘ng burchagida 13 megapiksellik selfi-kamera uchun tirqish ochilgan.

Qurilmaning orqa qopqog‘ida to‘rtburchak blokka olingan kameraga hamda barmoq izi datchigiga ko‘zimiz tushadi. Bosh kamera to‘rtta modulni va fotochaqnoqni o‘z ichiga oladi, asosiy sensor aniqligi 48 megapiksellik.

O‘QING: «Qualcomm, nariroq suril!» – Samsung ham arzon 5G-smartfonlar uchun protsessor tayyorlayapti

Samsung ushbu modelida o‘zining yangi – Exynos 850 protsessorini qo‘llagan va u 5G tarmog‘ida ishlay olmaydi. Smartfonning tezkor/doimiy xotirasi tegishlicha 3/32 gigabaytlik hajmga ega. Galaxy A21s akkumulyatori ancha sig‘imdor – 5000 mA/soatlik bo‘lib, zamonaviy USB-C porti orqali quvvatlanadi.

Mazkur hamyonbop telefon yangi – Bluetooth 5.0 interfeysi bilan ta’minlangan. Google Pay orqali kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish uchun unga NFC modulini ham o‘rnatishgan. Korpusida quloqchin uchun standart 3,5 millimetrlik audiotirqish ham mavjud.

Galaxy A21s qadoqdanoq One UI grafik qobig‘i ostidagi Android 10 operatsion tizimida ishlaydi. Samsung uni shu oydayoq nmoyish qiladi va Yevropa bozorida 210 yevrogacha bo‘lgan narxlarda sota boshlaydi.

O‘QING: Galaxy M51 va Galaxy M31s arzon smartfonlari ham flagmancha xususiyatga ega bo‘lyapti

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!