Yangi yil arafasida «IKKI KARRA INTERNET» oling!

  •   DiMaX
  •  14605
  •  02.12.2020 09:44

Yangi yil arafasida «IKKI KARRA INTERNET» oling!

O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlaridan biri yaqinda 31 dekabrgacha davom etuvchi 90% chegirmali «GOLD» aksiyasini joriy etgan bo‘lsa, boshqasi naq 28 fevralgacha 90% chegirma e’lon qilgan. Yana bir kompaniya esa oyiga atigi 8000 so‘mlik «Yengil» tarif rejasini chiqargan.

O‘QING: 31 martgacha «Yorqin kuz»: naq 15 ta tarif rejasida cheksizgacha daqiqa, qo‘shimcha SMS va megabaytlar!

UZTELECOM ham Yangi yil arafasi «IKKI KARRA INTERNET» aksiyasini e’lon qildi – unda eski narxlar evaziga, ikki baravar ko‘proq Internet-to‘plamlar taqdim etiladi!

Ushbu aksiya «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasining filiali – Uzmobile uyali aloqa operatorining GSM mobil aloqa tarmog‘i abonentlari (ham jismoniy, ham yuridik shaxslar) uchun joriy etilgan. Ular maxsus Internet-paketlarni odatdagi narxlarda sotib olib, evaziga esa trafikdan ikki baravar ko‘proq foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar! Misol uchun, agar abonentlar avval 500 MBni 10000 so‘m evaziga sotib olgan bo‘lsalar, endi esa ushbu narx evaziga 1000 MB Internet-trafikka ega bo‘ladilar!

Internet-paketlarni taklif qilingan USSD-buyruqlar yordamida yoki 9999 qisqa raqamiga SMS-xabar yuborish orqali faollashtirish mumkin.

O‘QING: Operatorlarimiz reytingida jiddiy o‘zgarish: endi kimda qancha abonent bor? (+infografik video)

Jismoniy shaxslar uchun to‘plamlarni faollashtirish:

Yuridik shaxslar uchun paketlarni faollashtirish «Mobil byudjet» xizmatiga ulanganda USSD-so‘rov yordamida, SMS, mobil ilova orqali amalga oshirilishi mumkin:

«IKKI KARRA INTERNET» aksiyasi 2020 yilning 1 dekabridan 31 dekabrigacha, O‘zbekiston hududida yashovchi UZTELECOM abonentlari uchun amal qiladi. Aksiya shartlari yuzasidan batafsil ma’lumot bilan tanishish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Siz ham «GAP»ga qo‘shiling va Galaxy A21 yutib oling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.