Yashiradigan joyi qolmadi: Xiaomi Mi 9’ning barcha xususiyatlari bilan to‘liq tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  3405
  •  30.01.2019 16:50

Yashiradigan joyi qolmadi: Xiaomi Mi 9’ning barcha xususiyatlari bilan to‘liq tanishamiz!

«Xitoycha Apple»ning navbatdagi flagman smartfoni haqida turli mish-mishlar va uning render suratlari chiqqan. GSMarena resursi esa Xiaomi Mi 9’ning barcha texnik xususiyatlarini birdaniga oshkor qildi.

O‘QING: Xiaomi Mi 9’ning Antutu’dagi natijasi chiqdi – rekordchilikka u ham da’vogar!

Ushbu flagmanning asosiy xususiyatlari sifatida 7 nanometrlik texnologik jarayonga asoslangan Snapdragon 855 protsessori hamda 8 gigabaytlik tezkor, 256 gigabaytlik doimiy xotirasini qayd etib o‘tish o‘rinli. Shuningdek, 6/128 gigabaytlik varianti ham bo‘ladi va ularning hech birida microSD-karta uchun joy yo‘q.

Diagonaliga 6,4 dyuymlik Super AMOLED ekranining tasvir aniqligi 1080x2280 pikselga, tomonlarining o‘zaro nisbati esa 19:9 ga teng. Korpusining o‘lchamlariga kelsak, 155x75x7,6 millimetrlik, vazni esa hozircha ma’lum emas. korpusining orqa paneli Gorilla Glass 5 himoya shishasidan ishlangan. U yerda barmoq izi skaneri yo‘q – mazkur datchik ekranning o‘ziga tatbiq etilgan.

O‘QING: «JONLI» VIDEO: Xiaomi displeyning hamma joyi skanerli smartfon tayyorladi!

Mi 9’ning akkumulyatori 3500 mA/soatlik tok sig‘imiga ega bo‘lib, 32 vattlik quvvat bilan tezkor zaryad ola biladi. Bu flagman MIUI 10 grafik qobig‘i ostidagi Android 9.0 Pie operatsion tizimiga ega.

Smartfonning bosh kamerasi 48 va 12 megapiksellik ikkita datchikdan tashqari, uch o‘lchamli skanerlovchi 3D ToF modulini ham o‘z ichiga oladi. Old kamera esa displeyning tomchisimon «kemtigi»da joylashgan 24 megapiksellik sensordan iborat.

Xiaomi ushbu flagmanida 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishidan voz kechgan, ammo zamonaviy USB Type-C porti bilan ta’minlagan. Smartfon Wi-Fi (802.11 a/b/g/n/ac), Bluetooth 5.0 hamda NFC modullariga ega.

«Xitoycha Apple» o‘zining Mi 9 flagmanini fevral yoki martda namoyish qilishi kutilmoqda; u qora, ko‘k, oq va tillarang korpuslarda sotuvga chiqadi. Hozirgacha xalqaro bozorga taqdim etilgan ko‘plab rusumlardagi Xiaomi smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 smartfonini AliExpress’dan sotib oling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.