Yashirin kamerali birinchi Samsung smartfonini ilk bor yoqiq holida «jonli» ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  2448
  •  28.03.2020 13:33

Yashirin kamerali birinchi Samsung smartfonini ilk bor yoqiq holida «jonli» ko‘ramiz!

Vivo kompaniyasi avvalroq selfi-kamerasi ekran ostiga yashirilgan ilk smartfon – APEX 2020 flagmanini taqdim qilgandi. Undan oldinroq namoyish etilgan konseptual model – OnePlus Concept One’ning esa bosh kamerasi shunaqa yashirina oladi.

O‘QING: Xiaomi yangi flagmanida «yashirin kamera» qanday ishlashini ko‘rsatib berdi («jonli» surat)

Samsung ham yangi modellariga bu texnologiyani joriy etmoqchi va uni Samsung UDC (under-display camera – ekranosti kamera) deya nomlamoqda. Slashleaks saytida shunday kamerali noma’lum Samsung smartfonining birinchi «jonli» surati e’lon qilindi:

Foydalanuvchi qo‘lidagi smartfon yoqiq bo‘lib, ekranida konditsionerni boshqarish ilovasi ochilgan. Displeyda old kamera uchun tirqish yoki kemtik ham yo‘q, yuqori romda ham selfi-kamera ko‘rinmaydi – demak, mazkur sensorni ekranning ostiga o‘rnatishgan.

Agarda bu rasm feyk bo‘lib chiqmasa, Samsung’ning ekranosti kamerali birinchi smartfoni qaysi model bo‘lishi mumkin? Uning shakli va o‘lchami shu yilning avgustida chiqishi kutilayotgan Galaxy Note 20 modeliga o‘xshayapti.

O‘QING: Yashirin kamera o‘rnatilgan: ijara kvartiralarida yoki mehmonxonalarda yashirin kamerani qanday topsa bo‘ladi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!