YouTube haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar!

YouTube haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar!

YouTube — videoxosting xizmatini ko‘rsatuvchi servisdir. Uning foydalanuvchilari u yoki bu videoyozuvni ko‘rib chiqish, sharhlash yoki unga qo‘shimcha qo‘shish imkoniga ega bo‘ladilar. Foydalanishda od-diyligi va qulayligi uchun YouTube — eng ko‘p tashrif buyurilishi jihatidan jahonda uchinchi o‘rinni egallagan ommaviy videoxostingga aylangan. 

Картинки по запросу youtube

Biz sizga virtual olamning eng katta “media magnat”i haqida bir nechta qiziqarli faktlarni tayyorladik.

- 2011 yil 1-aprel kuni YouTube logotipi xizmatining asos solingan vaqt (1911-yil)ga ishora qiluvchi YouTube 1911 deb almashtirildi.

- YouTube deyarli to‘liq dasturlash tili Python’da yozilgan.

- 2011-yil 14-dekabr kuni foydalanuvchi MoldytoasterMedia tomonidan YouTube’da eng uzoq vaqt — 596 soat 31 daqiqa va 21 soniyani qamrab oluvchi video yuklatildi.

O‘QING: YouTube’da bir haftadayoq eng ko‘p «dislayk» to‘plagan rekordchi videoni ko‘rdingizmi?

- YouTube'da «Zmeyka» o‘yinini o‘ynash mumkin. Buning uchun videoda pauzaga to‘xtab, eniga bo‘yiga joylashgan istalgan klavishni  bir necha bor bosish lozim.

- YouTube’ning ayrim foydalanuvchilari mediamashhurlik mavqeini olishga (masalan, Boxxy) erishdilar, ularning mashhurligi Internet doirasidan ham chiqib ketdi. Bu ularning taqdiriga ham ta’sir etgan.  Masalan, foydalanuvchi esmeedenters, mashhur qo‘shiqlar jo‘rligida o‘z ishqibozlik videosini yuklagan, natijada Jastin Timberleyk boshchiligida Jastin Timbyerlyeyk leyblda prodyuser etib tayinlanib, musiqiy faoliyatga shartnoma tuzildi. Kanadada ham videoyozuvlari onasi tomonidan jamlab yuklangan Jastin Biber ismli yigit yirik leyblda katta qimmatga ega bo‘lgan shartnoma tuzishga muyassar bo‘lgan. O‘zbekistonliklar ham ulurdan qolishgani yo‘q. Hususan, Mashxur sa’atkor Sherali Jo‘rayev tomonidan kuylagan “Karvon” qo‘shig‘iga o‘xshatma qilgan San Jay taxallusli ijodkor ham juda tez fursatda internet “yulduz”iga aylandi.

O‘QING: YouTube’dagi 2018 yilning eng ko‘p ko‘rilgan videolari reytingi

- Amyerika Universal Tube and Rollerform Equipment Corp. kompaniyasi http://www.utube.com sayti ko‘plab foydalanuvchilar soni sababli va servis domen nomini noto‘g‘ri yozilganligi uchun ko‘pincha ulanishda noqulaylik tug‘ilgan. 2006-yil noyabr oyi boshlarida Universal Tube kompaniyasi YouTube’ni sudga bergan.

- 2007-yil 13-mart kuni «Viacom» kompaniyasi «Google»ga qarshi da’vo arizasi bilan sudga murojaat etdi, YouTube servisini ko‘plab ommaviy tarzda mualliflik huquqini buzish holatlari sodir etganligi uchun servisning barcha foydalanuvchilari shaxsiy ma’lumotlarini berishni talab qiladi. Nyu-York shtati Janubiy Federal okrugi sudyasi uning talabini qondirgan.

- 2006-yil yoz faslida telejurnalist Robert Tur kompaniyaga nisbatan mualliflik huquqi buzilganligi va huquq egasining ruxsatisiz bir necha yangi kliplar erkin foydalanishga taqdim etilganligi xususida birinchi da’vo arizasi bilan chiqqan. YouTube’da mualliflik huquqiga oid ko‘plab nizolar bo‘ladi.

- YouTube’da eng uzoq vaqtli rolik 596 soat davom etadi.

Siz, saytimizni kuzatib boruvchi aziz obunachilar, terabayt.uz'ning YouTube kanaliga tashrif buyurib axborot texnologiyalari olamidagi eng so‘nggi, qiziqarli va foydali yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin! 

O‘QING: Kim javob beradi: O‘zbekistonda YouTube ishlamasligining sababi nima?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!