Huawei P20’lar taqdimotiga taklifnoma tarqatyapti – unda P20’larning uch modulli ekaniga shama qilgan

Taklifnoma tasviri fonida yarim shaffof tusda uchta halqa tushirilgan. Shuningdek, uning matni ichida, «see mooore with AI» jumlasidagi ikkinchi so‘zda bitta yoki hatto ikkita ham emas, naq uchta «o» mavjud.

Muhtasham Huawei P20: uch modulli kameraga ega flagmanning ilk suratlarini tomosha qilamiz!

Huawei P20’ning asosiy «fishka»si bosh kamerasining uch modulli bo‘lishidir. Ushbu flagman uchun g‘ilof tayyorlovchi kompaniyadan «sizib» chiqqan suratlar ham buni tasdiqlamoqda.

Huawei P11 (P20) taqdimot sanasi va joyi tasdiqlandi, ammo bu MWC 2018 emas!

Yangi flagmanning asosiy o‘ziga xosligi uchta datchikka ega, 40 megapikselli asosiy kamerasi bo‘lishi aytilmoqda. Shuningdek, u «kemtik»li ekranga ham ega bo‘lishi mumkin.

Huawei P11 hamda P12 smartfonlari ishlab chiqaruvchining rasmiy saytida ko‘rinish berdi

Huawei P12 modeli haqida umuman ma’lumot yo‘q. Aftidan, u bo‘lajak flagmanning yanada takomillashtirilgan yoki o‘lchamlari kattaroq versiyasi bo‘lsa kerak.

Huawei’ning navbatdagi flagmani uch xil talqinda chiqadi va u P11 emas ekan!

Huawei o‘zining yangi flagmanini P11 emas, balki P20 deb nomlayapti va uni uchta versiyada taqdim etadi: oddiy P20, displeyi kattaroq bo‘lgan P20 Plus hamda eng ilg‘or P20 Pro modellari.

Huawei P11 hatto iPhone X egalarining ham havasini keltiradi!

Weibo tarmog‘ida hali taqdim etilmagan Huawei P11 flagmani suratlari tarqaldi. Ularni mobil qurilmalar uchun aksessuarlar ishlab chiqaruvchi bitta kompaniya e’lon qilgan.

Huawei P11 nafaqat uch modulli kameraga, balki iPhone X’dagi yana bir «fishka»ga ham ega bo‘ladi

8 yadroli Kirin 970 protsessorli Huawei P11 «o‘yiq»li romsiz displey va Face ID yuz skaneriga ega. Uning uch modulli bosh kamerasi 40 MPlik, portret rejimli old kamerasi esa 24 MPlik suratlar oladi.

Smartfon sanoatida hayratomuz devays kutilmoqda

Tasdiqlangan xabarlarga ko‘ra, 2018 yilning boshida jahon smartfon sanoatida yana bir innovatsion flagman smartfon taqdim qilinadi.

Qo‘shaloq kamera nimasi!? Uchta modulga ega 40 MP kamerali smartfonni qarshi olamiz!

Smartfon uch modulli Leica kamerasi bilan jihozlanib, 40 megapikselli surat olishga qodir bo‘ladi. 24 megapikselli old kamera ham yorug‘lik kamligidan «qo‘rqmaydi» va mayda detallargacha aniq chiqara oladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш