Galaxy A60 namoyish qilindi: NFC, «gapiruvchi» va «teshik» ekran, 32 MPlik ikkita kamera va o‘rtacha narx!

Galaxy A60 batareyasi 3500 mA/soatlik bo‘lib, 15 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi. Smartfon kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC moduli bilan ham ta’minlangan.

Galaxy A60 taqdimot arafasida TENAA’da: 6.3 dyuymlik Infinity-O displey, uchtalik kamera va 3410 mA/soatlik akkumulyator!

TENAA hujjatlariga ko‘ra, Samsung Galaxy A60 modelida diagonali 6.3 dyuymlik Full HD+ displey qo‘llangan. Uning protsessori sakkiz yadroli bo‘lib, maksimal 2.0 GGs takt chastotasida ishlashi ma’lum.

Galaxy A60 hamda Galaxy A70 xususiyatlari va «jonli» suratlarini TENAA fosh etdi!

Ikkalasi ham uchtalik bosh kameraga ega, ammo selfi-kameralari turlicha joylashgan. «Kichkina» modelning orqa qopqog‘ida barmoq izi skaneri ko‘zga tashlanadi, «katta»sida esa u ekranga integratsiyalangan.

Daktiloskopli ekranga ega Galaxy A60 ham fosh bo‘ldi: flagman sifatli «o‘rtancha botir»!

Snapdragon 675 chipli Galaxy A60 akkumulyatorining tok sig‘imi 4500 mA/soatga teng. U 6-8 GB tezkor va 128 GB ichki xotiraga ega, selfi uchun naq 32, bosh kamerada ham 32+5+8 MPlik modullar bor.

Galaxy A60 – «teshik» displeyli nisbatan arzon smartfonni aprelda ko‘ramiz!

Galaxy A8s modelida Samsung yangi texnologiya – Infinity-O displeyini ilk bor qo‘llaganidan xabaringiz bor. Galaxy A60 xuddi shu smartfonning «yengilroq» va arzonroq versiyasi bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш