Xiaomi baribir birinchi: 64 MPlik kamerali ilk smartfon – Redmi Note 8 (yoki Redmi 7 Pro) taqdimoti e’lon qilindi!

Realme brendi Xiaomi’ni dog‘da qoldirib, 64 MPlik kamerali smartfonni 8 avgustdayoq taqdim etayotgandi. Ammo «xitoycha Apple» tezda otni qamchilab qoldi: Redmi Note 8 kamerofoni undan bir kun oldin chiqadi!

Redmi 7 Pro – kechagina taqdim etilgan baquvvat protsessorli ilk smartfonni avgustdayoq ko‘ramiz!

Xiaomi vitse-prezidenti kompaniya o‘yinbop MediaTek Helio G90T protsessori bazasida yangi smartfon chiqarayotganini ma’lum qildi. Redmi 7 Pro modeli bo‘lishi kutilayotgan bu qurilma avgustdayoq taqdim etiladi.

Atigi 100 dollardan boshlanuvchi Redmi 7 Pro smartfonining ham taqdimot vaqti yaqin!

Redmi 7 Pro modeli Snapdragon 660 chipiga, 3-6 GBlik tezkor va 64-128 GBlik doimiy xotiraga ega. Bosh kamerasi 20+8 MPlik, selfi-kamera 8 MPlik bo‘lib, yuzni tanish orqali tizimni qulfdan chiqara oladi.

RASMAN: Redmi mustaqil brend bo‘lyapti, ilk smartfon taqdimoti – 10 yanvarda!

Xiaomi kompaniyasi 10 yanvarda muhim tadbir o‘tkazishini ma’lum qildi. Unda «xitoycha Apple» o‘z faoliyatidagi tub burilish haqida so‘zlab beradi va yangi smartfon taqdim etadi.

Hali namoyish etilmagan Redmi 7 Pro ilk «jonli» suratlarda, qadog‘i bilan!

Insayderlar Redmi 7 Pro modelining ilk «jonli» rasmlarini e’lon qilishdi. Har ikkalasida ham mazkur qurilma yonida qadog‘i bilan birga suratga olingan.

Xiaomi Redmi 7, Redmi 7A va Redmi 7 Pro allaqachon sertifikatlandi – ularning taqdimoti yaqin!

Xitoyning sertifikatsiya agentligi – China Compulsory Certificate (3C) tashkilotida Xiaomi’ning M1901F7C, M1901F7E va M1901F7T model raqamli uchta yangi telefoni ro‘yxatga olindi.

Xiaomi sir tutayotgan, mutlaqo romsiz Redmi 7 Pro: suratlari, narxi va texnik jihatlari!

Redmi 7 Pro displeyi tomchisimon-dumaloq «o‘yiq»dagi 12 MPlik old kamera yuzni tanish orqali smartfonni qulfdan chiqara oladi. Bosh kamera esa uch modulli bo‘lib, ikkitasi 12 va 8 MPlik ob’yektivlardir.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш