Atigi 100 dollardan boshlanuvchi Redmi 7 Pro smartfonining ham taqdimot vaqti yaqin!

  •   DiMaX
  •  3835
  •  22.01.2019 10:08

Atigi 100 dollardan boshlanuvchi Redmi 7 Pro smartfonining ham taqdimot vaqti yaqin!

Yaqindagina o‘zining Redmi Note 7 smartfonini sotuvga chiqargan Xiaomi kompaniyasi yaqin orada ushbu brendning yana ikkita yangi vakilini taqdim etish arafasida. Bulardan biri shu «yong‘oqchaqar»ning Pro-versiyasi bo‘lsa, ikkinchisi Redmi 7 Pro modelidir.

O‘QING: Hali namoyish etilmagan Redmi 7 Pro ilk «jonli» suratlarda, qadog‘i bilan!

Kechagina insayderlar Redmi 7 Pro texnik xususiyatlari haqidagi yangi ma’lumotlarni oshkor etishdi. «Xitoycha Apple» o‘zining ushbu smartfonida ham tomchisimon «kemtik»li ekran qo‘llaydi. «O‘yiq»dagi 8 megapiksellik old kamera yuzni tanish xususiyatiga ham ega – uning yordamida ham smartfonni qulfdan chiqarish mumkin bo‘ladi.

Korpusning orqa paneli shishadan ishlanib, yuqori chap burchagida qo‘shaloq kamera tikkasiga o‘rnatiladi. Bu datchiklarning asosiysi 20, ikkinchisi esa 8 megapiksellik sensorlar bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi Redmi 7, Redmi 7A va Redmi 7 Pro allaqachon sertifikatlandi – ularning taqdimoti yaqin!

Redmi 7 Pro modelining «elektron yuragi» sifatida Snapdragon 660 protsessori xizmat qiladi. Samaradorlikni ta’minlashda unga smartfonning turli variantlarida 3 GBdan 6 GBgacha hajmdagi tezkor xotira ko‘makdosh bo‘ladi. Doimiy xotira hajmi esa 64 dan 128 gigabaytgacha bo‘lishini aytishmoqda. Ushbu smartfonga tezkor quvvatlash texnologiyasi tatbiq etiladi.

Xabarlarga ko‘ra, Xiaomi Redmi 7 Pro rasmiy namoyishi joriy yilning birinchi choragi oxirigacha, ya’ni mart oyining so‘ngigacha bo‘lib o‘tadi. Eng asosiysi – xitoyliklar bu modelini 103 dollardan boshlangan narxlarda taklif etishi kutilmoqda! Raqobat kuchayib borayotgan arzon smartfonlar bozorida shunday qilmasa ham bo‘lmaydi-da, chunki...

O‘QING: Samsung endi Xiaomi bilan bellasha oladi: Galaxy M smartfonlari kutilganidan ham arzon ekan!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.