Xiaomi’ning navbatdagi bestselleri – Redmi Note 7 Pro ilk «jonli» rasmda!

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan suratda Redmi Note 7 Pro chap tomonda joylashgan, o‘ngda esa – xitoylik texnogigantning Honor V20 modeli.

Redmi Note 7 Pro’ning asosiy raqibi – Meizu Note 9 taqdimoti rasman e’lon qilindi

«Xitoycha Apple» o‘zining Redmi Note 7 Pro modelini tayyorlayotgani ma’lum. Meizu esa unga raqobatchi gadjetini tayyorlagan va allaqachon uning namoyish sanasini e’lon qildi!

Xiaomi daktiloskopli ekranga ega Redmi Note 7 Pro’ning ham namoyish kunini e’lon qildi!

Brendning Hindiston bo‘linmasi Twitter-sahifasida reklama tizerini e’lon qildi. Unda taqdimot sanasi va «7» raqami ichida qurilmaning turli xususiyatlariga ishoralar mavjud.

150 dollarlik Redmi Note 7 qaysi reytingda 1800 dollarlik Galaxy Fold buklama smartfonidan ustun keldi?

Buni qarangki, mazkur reytingning ikkinchi pog‘onasini «xitoycha Apple»ning hali rasman namoyish etilib ulgurmagan yana bitta – Redmi Note 7 Pro modeli zabt etgan!

205 dollarlik Redmi Note 7 Pro fevraldan sotuvga chiqadi!

Redmi Note 7 Pro ham xuddi «yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 singari 48 megapiksellik qo‘sh kamera bilan jihozlanadi, ammo yangi modelda Samsung GM1 emas, balki Sony IMX586 optik sensori qo‘llanadi.

250 dollarlik Redmi Note 7 Pro: beshta kamera, 6 dyuymlik ekran, Snapdragon 710 chipi va 4200 mA/soatlik batareya!

Android 9.0 Pie tizimli, 6-8 GBlik tezkor va 128-256 GBlik doimiy xotirali Redmi Note 7 Pro’ning 4200 mA/soatlik akkumulyatori simsiz quvvatlanadi, yana «kemtik»li displeyiga daktiloskop joriy etilgan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш