Dasturchi bo‘lishning 6 yo‘li

Dasturchi bo‘lishning 6 yo‘li

Dasturchi bo‘lish uchun olti yo‘l:

  • Web dasturlash
  • Desktop(ish stoli kompyuterlari uchun) ilovalarini dasturlash
  • Taqsimlangan ilovalarni dasturlash
  • Dasturiy vositalar(Library/Platform/Framework/Core)ni dasturlash
  • Tizimli dasturlash
  • Ilmiy dasturlash

Dasturchi bo‘lish sizning mahoratingizni kundan-kunga, yildan-yilga asta-sekin, bosqichma-bosqich rivojlantirib boruvchi  jarayon hisoblanadi. Dasturlash qiziq va mukofotlaydigan(aqliy, ma’naviy va moliyaviy) jarayondir. Bu yo‘riqnoma dasturchi bo‘lishga oson yo‘l taqdim qilishga vada bermaydi, ammo qadamlar ketma-ketligi asosida siz zamonaviy dasturlash sohasida dasturchi bo‘lish haqidagi umumiy ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

O‘QING: Dasturchilar uchun zarur kitoblar to‘plami (birinchi qism)

Quyidagi sohalardan bittasi(yoki hammasi)dan kirish kurslariga boring.

  • Mantiq(Logic)
  • Diskret matimatika(Discrete mathematics)
  • Dasturlash tillari(C++/Java/Python-boshlovchilar uchun yaxshilari)

Ma’lumotlar bazasi(DataBase) tushunchalarini o‘rganing: jadvallar(tables), manzaralar/so‘rovlar(views/queries) va bajarilish ish tartiblari(procedures) kabilarni:

  • MS Access
  • DB V
  • Fox Pro
  • Paradox
  • MySQL – o‘rganish uchun tekin, odatiy ishlatiladigan ma’lumotlar bazasi. Chunki u SQL so‘rovlari bilan odatda amallarni bajaradi.

Qaysi turdagi dasturchi bo‘lishingiz haqida aniq qaror qabul qiling. 

Dasturchilar quyidagi turlarga bo‘linadi.

  • Web dasturchi
  • Desktop ilovalari dasturchisi
  • Operatsion tizim dasturchini aniqlaydi(yagona operatsion tizimga yoki Operatsion tizimlar to‘plamiga bog‘langanligini)
  • Mustaqil platforma dasturchisi
  • Taqsimlangan ilovalar dasturchisi
  • Dasturiy vositalar(Library/Platform/Framework/Core)i dasturchisi
  • Tizim dasturchisi
  • Asos(kernel, core) dasturchisi
  • Qurilmalar(driver) dasturchisi
  • Tuzuvchi(compiler) dasturchisi
  • Ilmiy dasturlash

Sizning tanlovingizdagi sohaga bog‘liq bo‘lgan texnologiyalarni va dasturlash tillarini o‘rganing. 

Quyidagi bo‘limlarda vazifalarni dasturlashning turli toifalar uchun tahlil qilib chiqamiz.

O‘QING: Veb-dasturchilar bilan veb-dizaynerlarning farqi nimada?

WEB DASTURLASh

Web dasturlashni. Web ilovalari internet texnologiyalari orasida ko‘p ishlatiladigan va hozir eng ommalashgan dasturlash turidir. Bu shuni anglatadiki, Web brouzer dasturi(Firefox yoki Internet Explorer'ga o‘xshash) orqali ilovalarga huquq olinadi. Web ilovalarni ishlab chiqish internetga ulangan bo‘lishini zaruriy darajada talab qilmaydi. Bu esa Web ilovalari quyidagilarga o‘xshash standart Web texnologiyalarini ustiga qurilganligini anglatadi:

  • HTTP
  • FTP
  • POP3
  • SMTP
  • TCP
  • IP protocols
  • HTML
  • XML
  • Coldfusion
  • ASP
  • JSP
  • PHP
  • ASP.NET

O‘rganish uchun ko‘pgina bir-biriga o‘xshamagan web saytlarni ko‘rib chiqing.  Web saytlarning toifasi/mazmunini rang-barangligi uchun qarang, Web satyga tashriflarning soni uchun emas. Umuman olganda, siz quyidagi Web saytlar toifasining har biriga kamida bir marta kirishingiz kerak:

  • Korporativ qatnashish saytlari(tijoriy tashkilot, foyda uchun bo‘lmagan tashkilotlar, davlat tashkilotlari)
  • Web indeksga kirituvchi moshinalar(qidiruv moshinalari, meta izlash saytlari, maxsus qidiruv moshinalari, papkalar)
  • Kon sanoati ma’lumotlari saytlari
  • Shaxsiy saytlar
  • Ma’lumot beruvchi/ensiklopediya saytlar(wikilar, ma’lumot sahifalari, texnikaviy xususiyatlar, qo‘llanmalar ro‘yxatlari papkalari, bloglar va gazeta-jurnallar, yangilik va yangilik agentliklari saytlari, sariq sahifalar(yellow pages),…)
  • Ijtimoiy saytlar(ijtimoiy portallar, havolalarni saqlovchi(bookmarking) saytlar, qaydlarni olish saytlari)
  • Hamkorlik qiluvchi saytlar(wiki saytlari va bloglar kiradi)

Manba: Texnoman.uz

O‘QING: Mobil ilovalarni ishlab chiqish uchun tanlov e’lon qilindi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!