«JONLI» VIDEO: Galaxy S10 ekrani «tirqish»idagi old kamera ko‘p funksiyali LED-chiroq bilan o‘ralgan!

  •   DiMaX
  •  1589
  •  26.12.2018 07:05

«JONLI» VIDEO: Galaxy S10 ekrani «tirqish»idagi old kamera ko‘p funksiyali LED-chiroq bilan o‘ralgan!

Samsung kompaniyasining o‘ninchi avlod flagmanlarining taqdimoti yaqinlashgani sayin ular haqida tobora ko‘proq ma’lumotlar chiqib kelayotir. Ularga ko‘ra, Galaxy S10 hamda Galaxy S10+ shu paytgacha smartfonsozlikda uchramagan yangicha texnologiyalarga boy.

O‘QING: ILK BOR: Galaxy S10 Lite hamda Galaxy S10+ benchmarkda «ko‘rindi»!

Jumladan, mazkur flagmanlarning displeyi «teshigi»ga joylangan old kamera aylana yoki oval (kamera datchiklari soniga ko‘ra) shakldagi yorug‘lik-diodli chiroq bilan o‘ralgan. Ha, bevosita ekranning o‘zida halqasimon LED-chiroq ham bo‘ladi! Bu haqda taniqli insayder Ice Univerce o‘zining Twitter-akkaunti orqali xabar bergan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu kameralar maxsus effektga ega: kamera ishga tushganida yoki smartfon foydalanuvchining yuzini «taniganida», atrofidagi LED-chiroq noodatiy tarzda yonib-o‘chadi.

O‘QING: «Jonli» Galaxy S10 jamoat joyida «qo‘lga tushdi»!

Mana, Galaxy S10 old kamerasining halqasimon chirog‘i chaqnashini o‘zingiz quyidagi «jonli» videoda ko‘rishingiz mumkin:

Shuningdek, keyinchalik boshqa insayderlarning aytishlaricha, Samsung Galaxy S10 flagmanlarining old kamerasi atrofidagi halqasimon yorug‘lik-diodli chiroq ham smartfon OLED-ekranining bir qismi bo‘ladi.

O‘QING: Ishlayotgan holdagi Galaxy S10’ni ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!

LED-chiroq funksiyalari ko‘p ekan: uning turli chaqnashlari orqali boshqa ma’lumotlar, jumladan – akkumulyator quvvati kam qolganligi kabilar haqida ham xabar beriladi. Bulardan tashqari, ushbu halqasimon chiroq turli voqealardan foydalanuvchini ogoh etuvchi an’anaviy bildirishnomalar chiroqchasining o‘rnini bosadi. Xabarga ko‘ra, yangi flagmanlarda kamera ilovasini ishga tushirish uchun old kamera oldida qo‘lni silkitish ham kifoya bo‘ladi.

Galaxy S10 turkumidagi smartfonlarning taqdimot va sotuv vaqtlari, hatto aniq narxigacha e’lon qilganmiz. Allaqachon bozorga chiqarilgan ba’zi Samsung smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 861 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda xarid qilish mumkin.

O‘QING: «To‘rtko‘z» Galaxy A9 ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Samsung smartfonlarining arzonlashgan narxlari (2018 yil 10 dekabr) – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!