Microsoft yana Windows 10’ni «mayib» qiluvchi yangilanish tarqatdi. Ammo bu muammoning yechimi bor!

  •   DiMaX
  •  627
  •  15.10.2018 11:33

Microsoft yana Windows 10’ni «mayib» qiluvchi yangilanish tarqatdi. Ammo bu muammoning yechimi bor!

Ommabop Windows 10 operatsion tizimi uchun oktyabr oyi boshida chiqarilgan yangilanish millionlab foydalanuvchilarning kompyuterlardagi jild va fayllarni o‘chirib yuborgandi. Oqibatda Microsoft kompaniyasi jamlanma raqami 1809 bo‘lgan ushbu apdeytni tarqatishni to‘xtatib, muammoni hal etishga kirishgan.

O‘QING: Microsoft o‘z xatosini tan olib, Windows 10 yangilanishini to‘xtatdi

Kuni kecha Microsoft mazkur xatolikni bartaraf etib, Windows 10 uchun navbatdagi yangilanishni tarqata boshlagandi. Buni qarangki, unda yana yangi boshog‘riqlar chiqib qoldi. Ya’ni, ayrim modellardagi kompyuter va noutbuklarda u WDF_VIOLATION deb nomlangan xatolik sababli ko‘k ekran holatini yuzaga keltirayotir. Buni kompyuterchilar «siniy ekran smerti» deb ham atashadi.

Aniqlanishicha, mazkur muammo C:\Windows\System32\drivers\HpqKbFiltr.sys manzilida joylashgan klaviatura drayveri bilan bog‘liq. Microsoft kompaniyasi bu muammodan xabar topib, bu apdeytni tarqatishni ham vaqtincha to‘xtatib turibdi. Xatolik tuzatilgach, uni qaytadan tarqatishni rejalashtirgan.

O‘QING: Qanday qilib «Siniy ekran smerti» (BSOD) muammosidan qutulish mumkin?

Agarda yangilanish sababli sizning ham kompyuteringiz yoki noutbukingizda ushbu muammo uchragan bo‘lsa, uni bartaraf etish yo‘li bor:

Tizimni qayta tiklash sahifasida «Kengaytirilgan opsiyalar» («Rasshirennie opsii»), «Muammolar yechimi» («Resheniye problem») bandlarini tanlang va buyruqlar qatorini oching. Keyin esa u yerda quyidagi buyruqni kiriting:

c:

cd c:\windows\system32\drivers

ren HpqKbFiltr.sys HpqKbFiltr.sys_old

Endi kompyuterni oddiy rejimda o‘chirib-yoqing – u BSOD’siz, odatdagidek yoqilishi kerak.

Agarda bunaqa muammolar sizni boshqa bezovta qilmasligini istasangiz, avtomatik yangilanishlarni o‘chirish yo‘li ham bor.

O‘QING: Windows 10’ning avtomatik yangilanishini osongina o‘chirib, megabaytlar va resurslarni tejaymiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!