«O‘zbektelekom» yana oltita saytga kirishni bepul qildi!

  •   DiMaX
  •  5532
  •  28.03.2020 09:45

«O‘zbektelekom» yana oltita saytga kirishni bepul qildi!

Yurtimizda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida Beeline, Mobiuz hamda Ucell mobil aloqa operatorlari bir qator saytlar va xizmatlarini tekin qilishgan edi. Keyinroq UZTELECOM ham ko‘plab resurslarga hamda o‘z xizmatlariga narxlashsiz kirish imkonini taqdim etgan.

O‘QING: RASMAN: Internet va telefon ikki oygacha o‘chmasligi kimlarga talluqli?

Respublika oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari talabalarining 2020 yil 16 martdan boshlangan rejadan tashqari ta’tillari munosabati bilan o‘quv jarayonining uzluksizligini ta’minlash va oliy o‘quv yurtlari talabalariga masofaviy uslubiy yordam ko‘rsatishni «O‘zbektelekom» yanada kuchaytirdi. Mazkur aksionerlik kompaniyasi 2020 yilning 1 may sanasigacha mobil (Uzmobile filiali) va simli internet (Uzonline) abonentlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining bir qator internet resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Ularning ro‘yxati quyida keltirilgan:

Shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari doirasida «O‘zbektelekom» AK mobil va simli aloqa abonentlari uchun karantin davrida ayrim OAV saytlari hamda ta’lim manbalaridan bepul foydalanish, shu bilan birga mobil aloqa abonentlari uchun «1003» yagona qisqa raqami orqali Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot markaziga bepul qo‘ng‘iroq qilish hamda «ZiyoNET» xizmatidan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etganini eslatib o‘tamiz.

Batafsil ma’lumotlar bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda yana beshta ommabop telekanal ochiq rejimda tarqatiladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!