Redmi o‘ta arzon bestsellerini yaxshilangan versiyada chiqardi (+video)

  •   DiMaX
  •  1140
  •  15.06.2020 10:57

Redmi o‘ta arzon bestsellerini yaxshilangan versiyada chiqardi (+video)

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi joriy yilning fevralida o‘ta arzon Redmi 8A Dual smartfonini namoyish etgan edi. Keyinroq esa Indoneziyada uni Redmi 8A Pro nomi bilan qayta taqdim qilgan.

O‘QING: Redmi K30 naq yuz dollarga arzonlashib, K30 Pro yangi variantda taqdim etildi

Redmi 8A Dual xotira hajmiga ko‘ra 2/32 hamda 3/32 gigabaytlik variantlarda chiqqan edi. Endi esa Hindistonda uning tezkor/ichki xotirasi 3/64 gigabaytligi ham chiqyapti. Bu xususda kompaniya vitse-prezidenti hamda Xiaomi India rahbari Manu Kumar Jeyn (Manu Kumar Jain) o‘zining Twitter-akkauntida xabar bergan.

Smartfonning xotira hajmidan boshqa barcha xususiyatlari o‘zgarishsiz qolgan, narxi esa 118 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Hindistonliklar uni bugun – 15 iyundan Xiaomi rasmiy sayti hamda Amazon onlayn do‘koni, shuningdek oddiy do‘konlardan olishlari mumkin.

Bu orada Redmi global bozorga uning davomchisi – Redmi 9A modelini chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda...

O‘QING: Eng arzon Xiaomi smartfoni ham taqdimotga tayyor: Redmi 9A xususiyatlarini FCC fosh etdi!