Redmi rahbari: «Bu smartfon bozorda «portlash» qiladi!»

  •   DiMaX
  •  4020
  •  23.10.2019 09:03

Redmi rahbari: «Bu smartfon bozorda «portlash» qiladi!»

Oppo kompaniyasi narxi 3000 yuandan (420 AQSh dollaridan) yuqori bo‘lgan barcha smartfonlarini 5G-modem bilan ta’minlashini e’lon qilgan. Lekin Xiaomi kompaniyasining arzonchi brendi ham beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi Redmi K30 rusumli flagmanini tayyorlamoqda.

O‘QING: Xiaomi keyingi yil yana naq 10 modelda 5G-smartfon chiqaradi!

Beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlashini ta’minlash uchun Redmi K30 5G modeli qanday protsessor bilan ta’minlanishi ham hozircha aniq emas. Ba’zi manbalar uning Snapdragon 735 bazasida ishlashini aytishsa, boshqalar unga MediaTek kompaniyasining qandaydir chipseti o‘rnatiladi, deyishyapti.

Redmi K30 5G modeli shu yilning noyabridayoq rasman namoyish etilishi aytilmoqda. Ammo uning bozorga chiqarilish vaqti noma’lumligicha qolayotir. Shunga qaramay, kuni kecha Redmi brendi rahbari Lu Veybing (Lu Weibing) mazkur flagman bozorda «portlash» qilishini aytgan.

Aftidan, bu bilan u Redmi K30 flagmanining eng arzon 5G-smartfon bo‘lishini nazarda tutgandir, balki qurilma qandaydir yangi texnologiyaga ega bo‘lar – buni hali vaqt ko‘rsatadi.

O‘QING: Redmi arzon smartfonlarining avval aytilmagan bir siri ochildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!