Telegram Desktop ham yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  983
  •  29.06.2018 13:56

Telegram Desktop ham yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishamiz!

Ommabop messenjerlardan bo‘lgan Telegram nafaqat smartfon va planshetlarda, balki shaxsiy kompyuter va noutbuklarda ham ishlatishga qulay. Buning uchun maxsus Telegram Desktop dasturi yaratilgan va u muntazam takomillashtirib kelinmoqda.

O‘QING: Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun tugmachalar kombinatsiyalari

Kechagina Telegram messenjerining Android hamda iOS platformalari uchun taqdim etilgan ilovalar yangilangani haqida yozgandik. Endi esa uning kompyuterlar uchun ishlab chiqilgan Telegram Desktop kliyenti ham 1.3.9 talqinida taqdim etildi.

Unda foydalanuvchilar uchun quyidagi o‘zgarishlar mavjud:

  1. Yozishmalarni o‘qilgan yoki o‘qilmagan qilib belgilash mumkin.
  2. Telegram Passport’da ma’lumotlar aks etishi yaxshilangan.
  3. «Ma’lumotlarni eksport qilish» menyusi to‘g‘rilangan.
  4. Matn terish qatoridaendi tilda (~) belgisi avtomatik tarzda tire (–) belgisiga aylanib qolmaydi.
  5. Blokirovkani aylanib o‘tish vositalari yaxshilangan.
  6. Boshqa to‘g‘rilash va yaxshilashlar amalga oshirilgan.

Agarda kompyuter yoki noutbukingizda Telegram Desktop ishlatayotgan bo‘lsangiz, uni yangilashingiz mumkin. Bordiyu mazkur dasturdan foydalanmayotgan bo‘lsangiz, uni mana bu havola orqali rasmiy saytidan yuklab olish imkoni bor.

O‘QING: Telegram bloklansa ham unga kompyuterdan kirsa bo‘ladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!