Tesla’ning shashti baland – u o‘z rekordini yangiladi!

  •   DiMaX
  •  1026
  •  03.10.2020 17:29

Tesla’ning shashti baland – u o‘z rekordini yangiladi!

Yaqinda biz Lucid Air elektromobilining barcha Tesla elektrokarlari rekordlarini bir pul qilgani haqida yozgan edik. Ilon Mask kompaniyasi endi mashinasining tezligi emas, balki boshqa jihatdan yangi rekord o‘rnatdi.

O‘QING: Tesla eng baquvvat elektrokarining rekordini videoda ko‘rsatdi

Gapning qisqasi, Tesla kompaniyasi 2020 yilning uchinchi choragi bo‘yicha o‘z hisobotini e’lon qildi. Undan ma’lum bo‘lishicha, mazkur avtomobilsoz iyul–sentyabr oylarida mashina yetkazib berish bo‘yicha o‘z rekordini yangilabdi.

Joriy yilning uchinchi kvartalida jami 139 300 dona elektromobil sotgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 45 foizga, joriy yilning ikkinchi choragiga nisbatan esa 53 foizga yuqori ko‘rsatkichdir. Aytish kerakki, Tesla’ning bundan oldingi choraklik rekordi 112 ming avtomobil bo‘lib, 2019 yilning so‘nggi kvartalida amalga oshirilgan edi.

Aniqroq qilib aytganda, bu yilning uchinchi choragida Tesla kompaniyasi Model S hamda Model X elektrokarlaridan jami 15 200 dona sotgan. Sotuvlarning 124 100 donasi esa Model 3 va Model Y elektromobillariga to‘g‘ri kelgan. Hisobot davrida ishlab chiqarilgan mashinalar soni esa 145 036 ga teng bo‘lib, shundan 16 992 tasi Model S/X bo‘lsa, 128 044 tasi Model 3/Y elektromobillaridir.

Darvoqe, Tesla joriy yilda 500 mingta mashina sotishni rejalashtirgan edi. Uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra mazkur raqam 318 mingdan oshgan.

O‘QING: Oddiy fuqaro nega birdaniga 27 dona Tesla elektromobili sotib oldi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.