Ucell’dan milliard bepul daqiqalar

  •   DiMaX
  •  1706
  •  03.04.2020 09:04

Ucell’dan milliard bepul daqiqalar

COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) uyali aloqa operatori mutaxassislari abonentlar o‘z uylarini tark etmasdan, sog‘lig‘i uchun uchun qayg‘urishda davom etishlari uchun, har kuni yanada ko‘proq g‘oyalar, tariflar va maxsus takliflarni yaratishda davom etmoqda.

O‘QING: TO‘LIQ RO‘YXAT: Koronavirus tufayli operatorlarimiz qaysi saytlarni bepul qilishdi?

27 martdan boshlab «#UydaQoling» xizmati bilan besh kun davomida bir millionga yaqin Ucell abonentlariga tarmoq ichidagi chiqish qo‘ng‘iroqlari uchun 1000 daqiqa, O‘zbekiston bo‘yicha 1000 SMS-xabarlar va 100 megabayt Internet-trafik bepul taqdim etildi. Ehtiyoj bor vaqtda milliard daqiqalar ulashildi.

Mehmondo‘st, bag‘ri keng va saxovatli O‘zbekiston xalqi uchun karantin oson sinov emas. Ammo barchamiz ushbu tadbirlar birinchi navbatda bizni o‘ylab amalga oshirilayotganini yaxshi tushunamiz. Karantin ijtimoiy cheklovlarga sabab bo‘lmasligi uchun, Ucell abonentlariga ko‘plab qulay tariflarni taklif etmoqda. Favqulodda vaziyatlarda, har doimgidan ham ko‘p, oila bilan aloqada bo‘lish juda muhimdir. «#UydaQoling» xizmati sizga ma’qul kelganidan va aloqangizni yanada qulaylashtirganimizdan xursandmiz.

Endilikda foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimi joriy etildi va yangi tariflar yaratildi.

Biz Ucell Kompaniyasi tomonidan joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar yordamida hayotning eng yorqin tarafi har yerda, har bir inson uchun mavjud bo‘lishi va bu ularga foyda keltirishiga intilamiz.

Yangi tarif rejalari haqida batafsil https://ucell.uz/uz/subscribers sahifasida tanishib borishingiz mumkin.

O‘QING: Operator bilan tezkor bog‘lanish sirlarini bilasizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!