Xiaomi’ning eng ommabop smartfonini yangi proshivka ishdan chiqarmoqda

  •   DiMaX
  •  2393
  •  18.12.2018 10:00

Xiaomi’ning eng ommabop smartfonini yangi proshivka ishdan chiqarmoqda

«Xitoycha Apple» keyingi paytlarda o‘zining ko‘plab modellardagi mobil qurilmalari uchun global MIUI 10 proshivkasini taqdim etib kelayotir. Ularning ayrimlari Android operatsion tizimining eng yangi – 9.0 Pie talqiniga asoslangan.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi hech qachon MIUI 10’gacha yangilanmaydigan 20 ta modeldagi smartfonlarini e’lon qildi

Jumladan, Xiaomi Pocophone F1 modeli yaqindagina Android 9.0 Pie’ga asoslangan barqaror MIUI 10 grafik qobig‘i bazasidagi proshivkaga yangilana boshlagan. Ammo u foydalanuvchilarni xursand qilgani yo‘q: yangi apdeyt bilan birga yangi muammolar ham paydo bo‘ldi.

Avvalo, ushbu proshivkaga ega bo‘lgan smartfonlar ekranning tepasidagi «kemtik»ni yashirmay qo‘ydi. Bu esa Pocophone F1’da o‘yinlar o‘ynash, videolar tomosha qilish jarayonida noqulaylik tug‘diradi.

Qolaversa, MIUI 10’gacha yangilangan bu telefonlarning batareyasi juda tez tugab qoladigan bo‘ldi. Bilasizki, Pocophone F1 akkumulyatorining tok sig‘imi yaxshigina – 4000 mA/soatlik. Ammo yangilanishdan so‘ng uning to‘la quvvati ham atigi 5 soatgagina yetadigan bo‘lib qolgan.

O‘QING: Android 9 o‘ta «ochofat» chiqdi, bu muammoni qanday hal etamiz?

Bulardan tashqari, ba’zan ekran sensori ham teginishlarni sezmay qolayotir – bunisi ham jiddiy masala.

Xiaomi vakillari allaqachon bundan xabardor ekanliklarini ma’lum qilishgan va aniqlangan kamchiliklarni keyingi yangilanishda bartaraf etishga va’da berishmoqda. Ammo navbatdagi apdeyt qachon tarqatilishini hozircha aniq aytishmayapti.

Shunday ekan, Pocophone F1 egalariga tavsiya: to keyingi yangilanish taqdim etilguniga qadar smartfoningizning proshivkasini yangilamay turganingiz ma’qul. Ushbu xatoliklar bartaraf etilgan yangi barqaror MIUI 10 tarqatila boshlasa xabar beramiz, bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Xiaomi smartfoni ishlatasizmi? Yangilamay turing, jiddiy gap bor!

Eslatib o‘tamiz, Pocophone F1 modeli – Xiaomi’ning yangi brend ostida aynan jahon bozoriga mo‘ljallab chiqargan ilk smartfonidir. U ilg‘or Snapdragon 845 protsessori, 6/8 GB tezkor hamda 64/128/256 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan. Ishlab chiqaruvchi uni «Master of Speed» – «Tezkorlik ustasi» deya da’vo qilmoqda.

Mazkur arzon flagman butun dunyo bo‘yicha, jumladan, O‘zbekistonda ham tez ommalashdi va katta talab bilan xarid qilinmoqda. Terashop.uz internet-do‘konimizda uning 6/128 gigabaytlik variantini 2 769 000 so‘mga onlayn usulda xarid qilish, Xiaomi’ning boshqa turli smartfonlarini esa 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Mi 8 Pro ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Xiaomi smartfonlari arzonlashdi (2018 yil 12 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.