1976 yildan boshlangan Apple tarixining ulkan arxivini ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  1341
  •  16.07.2019 14:02

1976 yildan boshlangan Apple tarixining ulkan arxivini ko‘ring!

Apple kompaniyasining tarixi – nafaqat ajoyib gadjetlar yaratilishi, balki ularni bozorda ilgari surish bo‘yicha reklama kampaniyasi hamdir. Internetda 1970-yillardan boshlangan barcha Apple marketing materiallarining betakror jamlanmasi e’lon qilindi.

O‘QING: Ikkinchi marta «yetim qolgan» iPhone xronologiyasi

Sem Genri Gold ismli dizayner to‘plagan ushbu ulkan arxiv «olmali» kompaniya 1976 yili yaratilganidan beri davom etayotgan deyarli butun tarixini o‘z ichiga olgan. Bular – reklama materiallari, fotosuratlar, videolavhalar, kompaniya vakillarining namoyish va ommaviy chiqishlari kabilardir.

Apple tarixi arxivi «bulutli» saqlagichga joylangan bo‘lib, unga mana bu havola orqali kirish mumkin. Unga korporatsiya tarixidagi har bir o‘n yillik davr alohida jildlar tarzida joylashtirilgan. Har bir jild (papka) ichida tegishli davrga oid Apple reklama fotosuratlari, ma’lumot broshyuralari, roliklar va boshqa materiallar bor.

O‘QING: 12 yillik barcha iPhone’lar narxlarini bitta ro‘yxatda taqqoslaymiz!