2020 yilning eng yomon parollari ikkita ro‘yxatda

  •   DiMaX
  •  795
  •  05.03.2021 12:52

2020 yilning eng yomon parollari ikkita ro‘yxatda

Axborot xavfsizligiga ixtisoslashgan Data Leakage & Breach Intelligence tahliliy kompaniyasi 2020 yilda internetda tarqalgan keng ko‘lamli parollarni o‘rganib chiqdi. Mutaxassislar 30 million akkauntdan iborat baza asosida eng ommalashgan parollar ro‘yxatini taqdim etishdi, deb xabar beradi Daryo nashri.

O‘QING: Ekspert eng oson buziladigan parol turlarini aytdi

2020 yilda tarqalib ketgan eng ommabop parollar top-10 taligi:

  • 123456;
  • 123456789;
  • 111111;
  • password;
  • 12345678;
  • 123123;
  • 12345;
  • 1234567;
  • 000000;
  • 1234567890.

Data Leakage & Breach Intelligence’ning ta’kidlashicha, 2020 yilda parol o‘rnatishda biroz yangilik paydo bo‘lgan. Odamlar ommaviy ravishda «covid», «korona» va «yepidemic» so‘zlaridan foydalanishni boshlagan.

O‘QING: 2020 yildagi eng yomon ELLIKTA parol: qarang-chi, sizniki yo‘qmikan bu ro‘yxatda?

Harflardan iborat bo‘lgan eng keng tarqalgan parollarning ham alohida ro‘yxati mavjud:

  • qwerty;
  • password;
  • qwertyuiop;
  • iloveyou;
  • asdasd;
  • zxcvbnm;
  • qazwsx;
  • dragon;
  • asdfghjkl;
  • monkey.

Ushbu parollarni eng yomon deb atash mumkin — xakerlar yoki jinoyatchilar ularni ikki daqiqada buzib kira oladi. Buning uchun maxsus malaka ham talab etilmaydi. Bu kabi ro‘yxat yillar davomida o‘zgarmaydi, odamlar eng oddiy parollardan foydalanishni davom etmoqda.

O‘QING: Wi-Fi parolini Android-smartfon orqali aniqlasa bo‘ladi!

Qanday qilib yaxshi parol o‘ylab topish mumkin?

Yaxshi parol qoidasi yillar davomida o‘zgarib turadi. Hozirda ekspertlar 6 xonali kombinatsiyadan foydalanishni tavsiya etmaydi, maksimal xavfsizlik uchun harf va raqamlardan, shuningdek, qo‘shimcha belgilardan iborat 8 xonali paroldan foydalangan yaxshi. Parollar generatoridan foydalanish ham qulay.

Axborot xavfsizligining yana bir asosiy muammosi — bir xil parollar. Foydalanuvchilar ko‘plab parollarni yodda saqlab qola olmagani sabab turli servislarga ham bir xil parollarni ishlatadi. Bu xakerlar bitta servisdan parolni aniqlasa, qolganlariga ham kira olishidan dalolat beradi.

Bu borada akkauntingizni buzib kirishdan saqlash usullari, ishonchli parol yaratish yo‘llari, parolingizni buzish qanchalik osonligini onlayn tekshirish, parolingiz o‘g‘irlanganini tekshirib beruvchi Telegram-bot haqidagi yo‘riqnoma-maqolalarimizga ham nazar solishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!