AKT vaziri Koreya Respublikasi Inha universiteti prezidenti bilan uchrashdi

  •   DiMaX
  •  306
  •  28.10.2019 17:25

AKT vaziri Koreya Respublikasi Inha universiteti prezidenti bilan uchrashdi

Bugun, 28 oktyabr kuni kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Sh.Sodiqov unda Koreya Respublikasidagi Inha universiteti prezidenti janob Myong Vu Cho bilan ko‘rishdi, deyiladi Vazirlik xabarida.

O‘QING: AKT vaziri Alibaba bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

AKT vaziri Shuhrat Sodiqov ushbu tashrif natijasida bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasida ulkan natijalarga erishilganini qayd etdi. Jumladan, Toshkent shahridagi Inha universiteti qisqa vaqt davomida, mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biriga aylanganini alohida ta’kidladi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni yanada kengaytirish va boshqa muhim masalalarni muhokama qilindi.

O‘QING: IMEI-kodlar masalasi «GSMA Mobile 360 – Evroosiyo» tadbirida ham muhokama etildi

Ma’lumot uchun:

Toshkent shahridagi Inha universiteti faoliyatini «Kompyuter injiniring» va «Dasturiy injiniring» yo‘nalishlari bo‘yicha boshlagan edi.

2016–2017 o‘quv yilidan boshlab «Logistika» yo‘nalishi ham ochildi. Bugungi kunda Toshkent shahridagi Inha universitetida 1548 nafar talaba tahsil olmoqda.

Universitetda akademik jarayonni amalga oshirish hamda ilmiy salohiyatni shakllantirishda bir qator mamlakatlar, xususan AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Bolgariya, Hindiston, Pokiston, Rossiya va boshqa davlatlardan kelib faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar ham o‘zlarining katta hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

2018 yil Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchilarning 85 foizi o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashdi. 15 foizi Janubiy Koreya, Germaniya, Shveysariya, Fransiya, Norvegiya, Vengriya, Angliya, Chexiya va boshqa Yevropa mamlakatlaridagi universitetlarning magistratura yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirdi, deyiladi xabarda.

O‘QING: O‘zbekistonda OTMlar saytlari qay ahvolda?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!