Amazon chiqargan Astro uy roboti, yangi Alexa va boshqa innovatsiyalar bilan birma-bir tanishamiz

Amazon chiqargan Astro uy roboti, yangi Alexa va boshqa innovatsiyalar bilan birma-bir tanishamiz

Amazon'ning (AMZN) joriy yildagi taqdimoti virtual tarzda o‘tkazildi, unda Alexa bilan ishlaydigan Echo qurilmalaridan tortib, kompaniyaning Ring liniyasidagi xavfsizlik mahsulotlarigacha ko‘plab yangiliklar borligini ko‘rishimiz mumkin.

Amazon's Astro in-home robot will launch this year for $999. (Image: Amazon)Amazon'ning Astro uy roboti $999 qiymatda ommaga taqdim etiladi.

Amazon'ning Servis va qurilmalar bo‘yicha katta vitse-prezidenti Devid Limp tadbirni atrof-muhitni idrok qilish texnologiyalari va sun’iy idrokda ishlovchi qurilmalardan foydalanish borasidagi kompaniya rejalari bilan boshlab berdi. Mazkur texnologiyalar siz nimani va qachon xohlashingizni idrok eta oladi. Bunday rejalar tatbiqini endi kompaniyaning yangi AZ2 protsessori sharofati bilan amalda ko‘rishimiz mumkin.

O‘QING: Jeff Bezosdan 5 ta iqtibos

Kompaniya, shuningdek, maxfiylik siyosatiga alohida e’tibor qaratayotganini aytadi. Endi foydalanuvchilarning AZ1 va AZ2 bilan jihozlangan qurilmalari tizimdagi ovozli so‘rovlarni amalga oshira olishi va bu bilan uyingizdan tashqarida hech kim Sizning gadjetlaringiz bilan bo‘ladigan suhbatingizdan xabar topa olmasligi ta’minlanadi.

Amazon Astro roboti

Shouning eng katta yangiliklaridan biri Amazon'ning yangi Astro roboti bo‘ldi. Avtomatik ravishda uyingizda aylana oladigan kichik o‘lchamli robot - Astro’da uyingizda harakatlanishiga yordam beradigan o‘rnatilgan datchiklar, shuningdek, oilangiz, do‘stlaringiz bilan video suhbat kabi ishlarni bajarishga imkon beradigan ochiluvchi periskop kamerasi mavjud bo‘lib, uni xavfsizlik boti sifatida ham ishlatishingiz mumkin. Kamera, shuningdek, tanasidan ajrala oladi va uydagi baland jihozlar ustini ko‘ra oladi hamda pech o‘chirilganligini tekshira oladi.

Astro’ni masofali video platforma sifatida ishlatganingizda, uning displeyi monitor vazifasini bajaradi va uy ishlarini bajarayotganingizda ham suhbatni davom ettirishingiz uchun qayerga borsangiz ortingizdan boraveradi. Albatta, Astro ham musiqa tinglash, jadvalingizni tekshirib turish kabi Alexa'da bor bo‘lgan xususiyatlarni ham o‘z ichiga oladi.

Astro can also be used to monitor your home as a security robot. (Image: Amazon)Astro, shuningdek, qo‘riqchi robot vazifasini ham bajara oladi.

Astro divaningizga urilib yurmasligi va u yerda soatlab o‘tirmasligini ta’minlash uchun Amazon sizning barcha mebellaringiz qayerda ekanligini aniqlash uchun robotni uy xaritalash texnologiyasi bilan jihozladi.
Astro Amazon’s Day One dasturining bir qismi bo‘ladi va robotni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi. $999 mablag‘ni tayyorlagan holda, albatta :). Bundan tashqari, Amazon'ning aytishicha, Astro kelajak uchun rejalashtirilgan ko‘plab robotlarning birinchisidir, ya’ni kelajakda yanada rivojlangan robotlarni ko‘rishimiz aniq.

Echo va Alexa

Astro’dan tashqari, Amazon Echo va Alexa’ning bir qator yangi mahsulotlarini, shu jumladan o‘zining yangi Smart Thermostat’ini ham taqdim qildi. Alexa bilan ishlaydigan Energy Star sertifikatli Aqlli termostat Honeywell Homes (HON) bilan tuzilgan hamkorlik natijasidir, bu esa termostatni ko‘pgina mavjud HVAC tizimlari bilan ishlashiga imkon beradi.

O‘QING: Elektromobillar kelajagi: elektr qachon yonilg‘ini butkul yengadi?

Atigi 59 dollar bo‘lgan Smart Thermostat siz uyda yoki uyda bo‘lmasangiz ham haroratni moslashtiradi va xohishingizga ko‘ra masofadan turib sozlanishi mumkin. Amazon Smart Thermostat Google Nest Thermostat narxini osonlik bilan pasaytiradi, uning narxi 129 dollardan boshlanadi, lekin dizayn nuqtai nazaridan bunday deya olmaymiz.

Kompaniya, shuningdek, yangi Echo Show 15’ni taqdim etdi. Shu yilning oxirida 249 dollarga sotilishi ko‘zda tutilayotgan Echo Show 15 uyingizning yangi raqamli markaziga aylanadi. 15,6 dyuymli displeyga ega Show 15 devorga, portret yoki landshaft stendiga o‘rnatilishi mumkin. Echo Show 15’ning jumbo o‘lchamidagi versiyasi oilaviy tashkilotchi va oshxona televizori vazifasini bajaribgina qolmay, sizning taqvimingizni, fotosuratlarni, xaridlar, ishlar ro‘yxatini, ob-havoni va boshqalarni ko‘rsatishi mumkin.

The Echo Show 15 can be mounted to a wall or used via a stand as a kind of interactive family hub. (Image: Amazon)Echo Show 15’ni devorga o‘rnatish yoki stend orqali oilaning interaktiv “burchagi” sifatida ishlatish mumkin.

Har bir oila a’zosi taqvimga tadbirlarni qo‘shishi va Alexa ovozli yordami orqali kichik eslatmalarni qoldirishi mumkin. Bundan tashqari, Sizga ulangan barcha qurilmalarni ko‘rishni ta’minlaydigan va ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Show 15 orqali boshqarishga imkon beradigan vidjet ham bor.

Amazon'ning aytishicha, Sling TV yil oxiriga kelib barcha Echo Show qurilmalariga, jumladan Show 15’ga ham o‘rnatiladi. Lekin, agarda siz uning halal berishini istamasangiz Show 15’ni katta raqamli foto ramkaga aylantirishingiz mumkin.

O‘QING: Texnologiya haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta fakt (7-qism)

Yangiliklar ruhida davom etib, Amazon 249 dollarlik yangi Amazon Glove’ni e’lon qildi. Interfaol va qiziqarli bo‘lgan ushbu texnologiya oilalarga kichik yoshdagi bolalar bilan aloqada bo‘lishga yordam beradi. 19 dyuymli sensorli ekran va 8 dyuymli displey yordamida foydalanuvchilar o‘z planshetidan bolalar bilan o‘yinlar o‘ynashlari mumkin va ular loyihalashtirilgan maydonda paydo bo‘lishi mumkin.

The Amazon Glow is meant to provide relatives who live far from their children, grandchildren, nieces, and nephews with a means to chat and play with them remotely. (Image: Amazon)Amazon Glov bolalari, nabiralari va jiyanlaridan uzoqda yashaydigan qarindoshlariga ular bilan uzoqdan suhbatlashish va o‘ynash imkoniyatini beradi.

Bu g‘oyadan maqsad - uzoqdagi oila a’zolariga o‘z farzandlari, nevaralari yoki jiyanlari bilan o‘ynashiga sharoit yaratishdir. Kompaniyaning aytishicha, ular Disney, Mattel, Sesame Workshop va Nickelodeon bilan animatsion hikoya kitoblari va jumboqlar yaratish uchun hamkorlik qilgan.

Ota-ona nazorati bolalarga faqat ota-onasi ruxsat bergan odamlarga qo‘ng‘iroq qilishiga imkon beradi. Shu bilan birga, kamerani butunlay o‘chirib qo‘yishga imkon beradigan qurilma ham mavjud bo‘lib, xavfsizlikni ta’minlash uchun xizmat qiladi.

Fitnes sohasida Amazon o‘zining Halo fitnes turkumining yangi versiyasini taqdim etdi. Halo View deb nomlangan treker Fitbitning o‘z turkumiga o‘xshash displeyga ega. 79 dollardan boshlanadigan turkum Amazon Halo xizmatiga obunani o‘z ichiga oladi. U tana tuzilishini o‘lchash, uyquni va ovoz ohangini kuzatish kabi imkoniyatlarni taklif etadi.

O‘QING: Gitlerning mo‘ylovi tufayli Amazon o‘z belgichasini o‘zgartirdi

Kompaniya, shuningdek, foydalanuvchilarga sog‘lom ovqatlanish odatlarining shakllanishiga yordam beradigan mashg‘ulotlar va Halo Nutrition bilan jihozlangan o‘zining Halo Fitness ilovasini chiqarishini aytadi. Ta’kidlash joizki, Amazon Apple va Fitbit singari o‘zlarining fitnes takliflari va ilovalariga ega bo‘lgan ba’zi raqobatlarchilarga ham ega.

Ring va xavfsizlik

Amazon Ring ham yangilanishlardan bebahra qolgani yo‘q. Kompaniya uyingiz atrofida uchadigan va boshqa qo‘ng‘iroq xavfsizlik qurilmalaridan tovushlar va boshqa xavfsizlik ogohlantirishlarini kuzatadigan Ring Always Home Cam avtonom kamerasi haqida ma’lumot berdi. Siz dronni uyingizning alohida qismlarini kuzatadigan qilib sozlashingiz ham mumkin bo‘ladi.

Agar siz uy kamerasidan foydalanmasangiz, u kamera qopqog‘i vazifasini bajaradigan zaryadlovchiga joylashadi. Amazon'ning aytishicha, siz hozirda Home Cam’ni sotib olish uchun ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin va sizga ma’qul kelsa, uning narxi 249 dollarni tashkil qiladi.

Ring's in-home drone will be available for $249. (Image: Amazon)Ring uy-dronlari $249 ga baholanyapti.

Dronga qo‘shimcha ravishda Amazon o‘zing Ring Alarm Pro deb nomlangan professional kuzatuv xavfsizlik tizimini taqdim etdi. U o‘z ichiga WiFi 6 routerini olgan bo‘lib, 249$ dan boshlanadi. Bundan tashqari boshqa kuzatuv xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi yangi Ring Virtual Security Guard siz tanlagan kamera orqali uyqudaligingizda yoki uydan uzoq paytingizda smartfoningizdan turib uyingiz xavfsizligini kafolatlaydi.

Amazon o‘zining birinchi kuzativ xizmati – Rapid Response ustida ish olib bormoqda va kelajakda yangi imkoniyatlar qo‘shishni ham rejalashtirmoqda. Dastlabki foydalanuvchilar cheklangan muddatga bepul kuzatuv xizmatidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Undan so‘ng, har bir kuzatuvdagi hudud uchun oyiga 99$ dan hisoblanadi.

Amazon'ning qurilmalari amalda Prime obunasidan foydalanayotganlarga qulaylik yaratishdan tashqari, yangi xaridorlarni ham jalb qilish strategiyasining bir qismi hisoblanadi. U Astro va Ring Always Home Cad gadjetlari bilan bu ishni osonlikcha amalga oshirishda davom etadi.

O‘QING: Dunyoni lol qoldirgan hozirgi zamon kashfiyotlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!