Apple buklama iPhone uchun yangicha – qayishqoq akkumulyator tayyorladi!

  •   DiMaX
  •  409
  •  29.04.2020 16:10

Apple buklama iPhone uchun yangicha – qayishqoq akkumulyator tayyorladi!

Shu paytgacha bir nechta smartfonsozlar qayishqoq ekranli buklamafon taqdim etishgan va konsept tarzida tayyorlashgan. Yetakchilardan sanalmish Apple ham «raskladushka» iPhone chiqarmoqchi, ammo Samsung’dan cho‘chiyotgani aytilgan.

O‘QING: Mashhur narkobaronning akasi eng arzon buklamafon taqdim etdi va Apple’ni yakson qilishga so‘z berdi!

Kupertinolik korporatsiyaning yangi patenti qayishqoq akkumulyator tavsifini bayon etgan. Yangi turdagi batareya iPhone korpusini qalinlashtirmasdan, uning avtonomligini oshirish imkonini beradi. Apple ishlab chiqqan bu akkumulyator qayishqoq elementlarga ega bo‘lib, silindr shaklida o‘ralishi mumkin.

Patentda qayishqoq batareyali mobil qurilma tuzilishi bayon qilingan. Alohida bo‘limda esa yangicha akkumulyatorning buklama displeyga integratsiyalanishi ham aytib o‘tilgan.

Afsuski, Apple o‘zining bukiluvchi mobil devaysini qachon taqdim etishi haqida birorta ham ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Ham ayfon, ham aypad bo‘la oluvchi iPhone X Fold buklama smartfoni suratlarda!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!