Apple va Samsung bu "xitoycha zarba"dan so‘ng tizzagacha yerga botdilar

Apple va Samsung bu

27 mart – IT-sanoati taqvimida muhim kun bo‘ldi. Apple kamtargina bo‘lib yangi planshetini, Xiaomi esa navbatdagi romsiz flagmanini, Huawei esa Parijda 3 ta flagmanini taqdim qildi.

Apple hamda Xiaomi misolida aytish mumkinki, Apple nihoyat AQSh ta’lim sektorini to‘liq egallagan bo‘lsa, Xiaomi «ikki barobar arzon iPhone X» yaratishga muvaffaq bo‘lgan. To‘g‘ri, Mi Mix 2s modelida OLED-ekran, Face ID kabi texnologiyalar yo‘q.

Ekspertlarning fikricha, Huawei P20, P20 Pro hamda qimmatbaho Mate RS modellari bilan mobil qurilmalar sanoatida o‘zgarish qila oldi.

1. Huawei P20 Pro – 3 ta bosh kamera sensori (40/20/8 megapikselli), bu -- shunchaki reklama yoki marketing uchun qilingan yangilik emas. Yangi smartfonni ishlatib ko‘rgan ekspertlar bu gadjet bozordagi eng yaxshi kamera moduliga ega bo‘lganini aytishdi. Dx0Mark P20 Pro kamerasiga 109 ball qo‘ydi, P20 – 102 ball olgan. iPhone X kamerasi esa 97 ball, Galaxy S9 kamerasi 99 ballga baholangan edi. Huawei va uning raqiblari o‘rtasidagi farq katta ekaniga diqqat qilsak, Xitoyda Apple uchun munosib raqib paydo bo‘lganiga amin bo‘lish mumkin.

O‘qing: Huawei iPhone X'dan 2 barobar qimmat flagman taqdim qildi!

2. Huawei Mate RS flagmani esa ko‘pchilikni hayratga soldi. Boisi, bu devaysning 256 gigabaytli doimiy xotiraga ega talqini $2103 hamda eng yuqori -- 512 gigabaytli doimiy xotiraga ega talqini $2599 AQSh dollari bahosida sotiladi. Huawei ham bir vaqtlar Apple amal qilgan "O‘zingni hurmat qilsang, boshqalar seni hurmat qiladi" degan tamoyil asosida bormoqda. Bu -- juda katta jasorat.

Bu smartfonda Huawei ilk marotaba barmoq izi skanerini ekranga joylashtirgan. Apple o‘ninchi iPhone qurilmasida bunga jur’at qila olmagan edi. Xitoylik kompaniya esa qimmatbaho flagmaniga ko‘pchilik uchun fantastika bo‘lgan jihatni tatbiq qildi.

O‘qing: Huawei P20 Pro va iPhone X kameralari "jang qilishdi"

3. Huawei Mate RS 512 Gbayt hajmidagi doimiy xotira bilan ta’minlangan. Bu borada ham Huawei Apple kompaniyasidan oldinda. To‘g‘ri, bu xotira ko‘pchilik uchun ahamiyatsiz, biroq brendlar o‘rtasidagi raqobatda buning o‘rni bor.

Yana bir muhim jihati, Huawei Apple'ga qarshi kurashni amalda isbot qilmoqdalar. Garchi, Huawei flagmanlari ko‘rinishdan so‘nggi ayfonni eslatsa ham, texnologik jihatdan o‘ziga xosliklarga ham ega.

O‘qing: Huawei P20 Pro: Eng yaxshi kamerafonda surat olib ko‘rishdi

Ekspertlarning fikricha, Huawei ayni paytda texnologik tadqiqotlar uchun katta pul sarf qilmoqda va bu o‘z natijasini bermoqda. Xiaomi esa smartfonlarning hamyonbopligi uchun kurashmoqda va shuning evaziga tez rivojlanmoqda. Apple rivojiga diqqat qiladigan bo‘lsak, kompaniya doimo yangi innovatsiyalar uchun katta pul sarf qilib kelgan. Huawei Xitoy hukumati bilan yaqin aloqalar o‘rnatgan.

Huawei smartfonlarining o‘rtacha narxi – 250 dollar. Xiaomi'da esa bu ko‘rsatkich 147 dollarni tashkil qiladi. Apple smartfonlarining o‘rtacha to‘lov cheki $800 dollar.

Xiaomi esa qisqa muddatlarda iPhone X kamerasi bilan bir xil surat oladigan smartfon ishlab chiqargani yanada diqqatga sazovor. Hatto, so‘nggi ayfonning yarim bahosida!

Xitoyliklarning diqqati Kupertinodagi bu qudratli "Olma daraxti"ni qulatishga qaratilgan. Biri yangi texnologik yechimlari va boshqasi narx-navo masalasida.

Ekspertlar sifat va texnika borasida Huawei kompaniyasi Samsung'ni ortda qoldirganini tasdiqlashmoqda. Endi marketing masalasi qolgan, xolos. Apple'ga yetish uchun xavfsiz operatsion tizim hamda yanada kuchli protsessor ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun ajratilayotgan katta miqdordagi pullarning natijasini esa vaqt ko‘rsatadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!