Barcha Nokia smartfonlari egalari uchun ajoyib syurpriz bor!

  •   DiMaX
  •  2435
  •  08.08.2018 13:18

Barcha Nokia smartfonlari egalari uchun ajoyib syurpriz bor!

HMD Global korporatsiyasi nafaqat Nokia brendiga qayta hayot baxsh etdi, balki shu nom ostidagi yangi smartfonlar va «eskicha» – tugmachali telefonlar ham chiqardi. Butun dunyoda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham Nokia ixlosmandlari bisyor.

O‘QING: Qoyil! Nokia top o‘ntalikka qaytdi

Xabaringiz bor – Google kompaniyasi kuni kecha o‘z operatsion tizimining Android 9.0 Pie talqini yakuniy jamlanmasini taqdim etgandi. Shu kunning ertasiga – 7 avgustdayoq HMD Global o‘z mijozlari uchun quvonchli bayonot bilan chiqish qildi.

Unga ko‘ra, «yashil robotchali» barcha Nokia smartfonlari eng so‘nggi – 9.0 Pie talqinidagi Android operatsion tizimigacha yangilanadi. Kompaniya hatto eng hamyonbop mobil qurilmalarini ham yangilangan tizim bilan ta’minlashga va’da berdi, ammo buning aynan qachon amalga oshirishi masalasiga oydinlik kiritmadi.

Nokia telefonlarining operatsion tizimi tezkorlik bilan yangilanishi siri oddiy: kompaniya o‘zining smartfonlariga kastom proshivka ishlab chiqishdan voz kechib, ularga «toza» Android’ning o‘zini o‘rnatib qo‘yaqolgan. Bu esa yangilangan tizim talqinini smartfonlarga tatbiq etish jarayonini soddalashtiradi.

O‘QING: Nokia yilning eng arzon va ilg‘or smartfonlaridan birini taqdim qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!