Bilib qo‘ying: 2 martdan to‘lov terminallari uchun vositachilik haqi joriy etilyapti!

  •   DiMaX
  •  2874
  •  28.02.2020 17:44

Bilib qo‘ying: 2 martdan to‘lov terminallari uchun vositachilik haqi joriy etilyapti!

O‘zbekistonda 2 martdan to‘lov terminallari uchun vositachilik haqi joriy etiladi. Mamlakatning barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sub’yektlari uchun o‘rnatilgan to‘lov terminallari infratuzilmasida savdo tushumining 0,2 foizi miqdorida vositachilik haqi kiritiladi. Bu haqda Markaziy bank Matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: Kartadan-kartaga pul o‘tkazishning 50% arzon yo‘lini bilasizmi?

Bank kartalari orqali to‘lovlar amalga oshirilishida xalqaro tajriba bo‘yicha vositachilik haqi, qoida tariqasida, bank kartasi saqlovchisidan (egasidan) emas, balki to‘lovlarni qabul qiluvchi savdo va xizmat ko‘rsatish sub’yektlaridan olinadi. Ushbu vositachilik haqi banklarga to‘lov infratuzilmasiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash va banklararo vositachilik haqini to‘lash imkonini beradi.

Hozirda xorijiy davlatlarda bank vositachilik haqining miqdori to‘lov vositalarining turlariga (debet/kredit kartalari, internet orqali onlayn to‘lovlar va h.k.), sub’yektlarning faoliyat turiga (davlat tashkilotlari, supermarketlar, aviakassalar, mehmonxonalar, restoranlar, dorixonalar) bog‘liq bo‘lib, odatda 1 foizdan 3 foizgacha belgilanadi.

O‘z navbatida, to‘lov tizimlariga bepul xizmat ko‘rsatilishi xalqaro standartlar talablariga mos kelmaydi, shuningdek, to‘lov xizmatlari va to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishni, yangi to‘lov mahsulotlariga investitsiya kiritishni rag‘batlantirmaydi.

O‘QING: Click bilan «qiliq qilgan» shovotlik «shovvoz» qo‘lga tushdi

Shu munosabat bilan, xalqaro tajribadan kelib chiqib, bank xizmatlarini bozor mexanizmlariga o‘tkazish maqsadida tijorat banklari va to‘lov tizimlari operatorlari bilan kelishilgan holda, 2020 yil 2 martdan boshlab mamlakatning barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sub’yektlari uchun o‘rnatilgan to‘lov terminallari infratuzilmasida savdo tushumining 0,2 foizi miqdorida vositachilik haqi kiritilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bu tadbir bir tomondan to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish uchun xarajatlarni qisman qoplashga, boshqa tomondan bank kartalari yordamida to‘lovlarni muntazam amalga oshiruvchi mijozlarga turli bonus, diskont va rag‘batlantiruvchi dasturlarni (keshbeklar) taklif qilishga imkoniyat yaratadi, pirovard natijada esa, naqd pulsiz hisob-kitoblarning ko‘payishiga olib keladi, deyiladi xabarda.

O‘QING: Yo‘qolgan yo o‘g‘irlangan plastik kartangizni qanday bloklab qo‘yishni bilasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.