Biometrik pasport o‘rniga endi ID-karta olamiz!

  •   DiMaX
  •  2844
  •  10.03.2020 11:42

Biometrik pasport o‘rniga endi ID-karta olamiz!

2020 yil 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 129-sonli «O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Biz bu o‘zgarish haqida hali 2018 yildayoq xabar bergan edik.

O‘QING: 2021 yildan boshlab amaldagi pasport o‘rnini ID-karta egallaydi!

ID-kartalar Prezident Sh.Mirziyoyevning mamlakatdagi amaldagi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish to‘g‘risida ilgari qabul qilingan qarorlarini amalga oshirish doirasida joriy etilmoqda, deb yozadi Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati.

Hujjatda qayd etilishicha, 2021 yil 1 yanvardan boshlab barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga biometrik pasport o‘rniga 10 yil muddatga hujjat egasining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat sifatida identifikatsiya ID-karta beriladi.

ID-kartalar faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi. Chet elga chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet elga chiqish uchun biometrik («zagranpasport») pasporti beriladi.

O‘QING: Sayyohlar uchun muhim interfaol xarita: qayerlarga borish yoki qayerlardan kelishda viza kerak?

ID-kartalarni berish tizimli ravishda 2021 yil 1 yanvardan 2030 yil 1 yanvargacha mamlakat aholisi uchun qo‘shimcha yuklamasiz amalga oshiriladi. Shu bilan birga, 2011 yildagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ilgari berilgan biometrik pasportlarini, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolarining yashash uchun ruxsatnomalarini almashtirish ularning egalarining iltimosiga binoan muddati tugagandan yoki muddatidan oldin amalga oshiriladi. 2030 yil 1 yanvardan boshlab 2011 yildagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.

ID-kartalarni berish tizimiga o‘tish rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda va fuqarolarni raqamli identifikatsiya qilish tizimini joriy etishni jadallashtiradi, fuqarolarning birlamchi ma’lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralarining axborot tizimlariga integratsiyalash jarayonini avtomatlashtiradi, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini osonlashtiradi va optimallashtiradi.

O‘QING: Hukumat endi Face ID ma’lumotlarini ham talab qilmoqda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.