Bu smartfonni bitta elektromobil narxida sotishmoqda!

  •   DiMaX
  •  1333
  •  05.03.2020 14:19

Bu smartfonni bitta elektromobil narxida sotishmoqda!

Citroën vtokonserni yaqinda Ami rusumli, dunyodagi eng arzon elektromobilni namoyish qilgan edi. O‘shanda mazkur mashinani atigi to‘rtta iPhone 11 Pro Max yoki ikkita Huawei Mate Xs narxida ekanini ta’kidlagandik.

O‘QING: Bill Geyts ilk elektrokarini sotib oldi – Tesla’nikidan to‘rt baravar qimmat! (+video)

Bugun – 5 mart kuni Huawei o‘zining Mate Xs buklamafonini onlayn savdoga chiqardi. Savdosi boshlanishi arafasida uni olish uchun virtual navbatda turganlar soni bir million kishidan oshib ketdi.

Kutilganidek, Huawei Mate Xs’ning birinchi partiyasi bir zumdayoq sotib tugatildi. Uni xarid qilishga oldindan ariza berib qo‘yganlarning aksariyati rasmiy saytdagi «Sotib olish» tugmachasini bosishga ham ulgurmay qolishgan!

O‘QING: Huawei'ning eng qimmat smartfonini arzonroqqa xarid qiling!

Lekin eng qizig‘i shundan keyin boshlangan – Xitoydagi turli onlayn savdo platformalarida Huawei Mate Xs qayta sotuvga qo‘yilgan va, tabiiyki, endi uning narxi ancha oshirilgan edi. Olibsotarlar ushbu buklamafonning ustiga yana bir baravardan ham oshiq narx qo‘yishgan – uni endi 6000 dollardan kamiga topib bo‘lmayapti. Ya’ni, endi bu smartfon dunyodagi eng arzon elektrokardan ham qimmat!

Ta’kidlash kerakki, ilk partiyadan xarid qilishga ulgurgan olibsotarlarning ayrimlari, uni Huawei yetkazib beruvchilari orasidagi o‘z odamlari orqali sotib olishga muvaffaq bo‘lganlarini ta’kidlashmoqda.

Huawei Mate Xs xususiyatlari va videosi bilan mana bu havola orqali tanishish mumkin. Uning ikkinchi partiyasi esa 8 mart kuni sotuvga qo‘yiladi.

O‘QING: 4200 dollarlik 5G-smartfon savdoga chiqdi, VIP-xizmatlari bilan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!