Endi o‘z kredit tarixingizni onlayn olishingiz mumkin

  •   DiMaX
  •  8542
  •  09.04.2019 18:42

Endi o‘z kredit tarixingizni onlayn olishingiz mumkin

Jismoniy shaxslar o‘z kredit tarixlarini onlayn rejimida bilishlari mumkin. Bu haqda «Kredit-axborot tahliliy markazi» kredit byurosi Spot nashriga ma’lum qilgan.

O‘QING: Endi onlayn tarzda nafaqa uchun ariza berish va pensiya haqida ma’lumot olish mumkin bo‘ladi

Kompaniya ushbu yangi xizmatni joriy yilning 11–13 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan BankExpo ko‘rgazmasida namoyish etmoqchi. Xizmatni aholi uchun 2019 yilning uchinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Kredit tarixini olish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, harbiy guvohnoma, haydovchilik guvohnomasi va hk.) taqdim etilishi kerak bo‘ladi.

Tizim to‘laqonli ishga tushgach, fuqarolar o‘z kredit hisobotini kredit byurosining rasmiy saytidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin. Bunda elektron raqamli imzo kerak bo‘ladi.

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘z kredit tarixini bilishlari uchun ular kredit byurosi idorasiga ariza topshirishlari kerak bo‘ladi. Mazkur ariza ikki kun ichida ko‘rib chiqiladi.

Kredit byurosi ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston katta yoshdagi aholisi 43 foizining kredit tarixi mavjud. 2019 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, bazada 9,1 mln jismoniy shaxs hamda 685,6 ming yuridik shaxs haqida ma’lumot aks etgan.

O‘QING: Jiddiy jinoyat: Plastik kartangizdagi pulni bankdagilar ham o‘g‘irlashi mumkin!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.