Eng ishonchli noutbuksozlar reytingi e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  4169
  •  15.03.2018 11:15

Eng ishonchli noutbuksozlar reytingi e’lon qilindi

Har qanday gadjetni xarid qilishda ham uning ishlab chiqaruvchisi qanchalik ishonchli ekaniga e’tibor beriladi. Jumladan, noutbuk tanlashda ham qaysi ishlab chiqaruvchining portativ kompyuterlari eng kam buzilishini bilish muhimdir.

O‘QING: Quvvati eng uzoqqa yetuvchi 25 noutbuk

Rescuecom tahlil kompaniyasi o‘zi to‘plagan ma’lumotlarga asoslanib, qaysi ishlab chiqaruvchilarning noutbuklari ishonchli ekani, qaysilari esa ko‘proq buzilishi borasida izlanish olib bordi. Buning uchun u ikki yil mobaynida servis markazlaridan ma’lumot to‘pladi va ularini taqqoslab ko‘rdi. Natijada qaysi noutbuksozlarning mahsulotlari eng ko‘p buzilishi ma’lum bo‘ldi.

Tadqiqotdan chiqarilgan xulosalar quyidagi jadvalda aks ettirilgan. Undagi «Computer Repair Share» ustunida har bir ishlab chiqaruvchining mahsulotini ishlatayotgan foydalanuvchilarning necha foizi servis markaziga murojaat etishlari aks ettirilgan:

Guvohi bo‘lib turganingizdek, eng «buziluvchan» portativ kompyuterlar ishlab chiqaruvchisi – HP kompaniyasi ekan! Uning noutbuklaridan naq 37,3 foizi qurilmani ta’mirga olib borayotgani aniqlangan. Demak, har uchta HP noutbukidan biri buzilayotgan va uning «kasal»ini servis markazidagina «davolay» olishar ekan.

O‘QING: Taniqli kompaniya o‘z noutbuklarini qaytarib olyapti – ularning akkumulyatori portlashi mumkin!

Noutbuklarining buziluvchanligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda 22,4 foizlik ko‘rsatkich bilan Dell kompaniyasi turibdi. Uchinchi o‘rinda esa oradagi katta farq va 7,3 foizlik ko‘rsatkich bilan Lenovo kelyapti. Keyingi pog‘onalarni tegishlicha ASUS (5%), Acer (4,9%), Apple (3,2%), Samsung (3,0%), Microsoft (1,3%) kompaniyalari band etishgan.

Jadvaldagi so‘nggi ustun noutbuklarning ishlab chiqaruvchilariga berilgan bahoni anglatadi va ro‘yxat ularning ishonchlilik darajasi bo‘yicha saralangan. Ya’ni, eng ishonchli portativ kompyuterlar kupertinolik gigantning Mac’lari bo‘lsa, eng ishonchsizlari Asus mahsulotlari ekan.

O‘QING: Xizmat ko‘rsatish markazlarida sizni qanday qilib laqillatishadi?