Galaxy Note 10 ikki versiyada chiqyapti – bittasi ixchamroq va arzonroq!

  •   DiMaX
  •  1996
  •  02.04.2019 10:17

Galaxy Note 10 ikki versiyada chiqyapti – bittasi ixchamroq va arzonroq!

Yaqinda Galaxy S10 turkumidagi flagman smartfonlarini taqdim etgan Samsung Electronics endi o‘rta narxli va hamyonbop turkumlardagi smartfonlarini birin-ketin namoyish qilib kelayotir. Shu bilan birga, kompaniya Galaxy Note 10 fabletini ham tayyorlamoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy Note 10 haqida ilk ma’lumotlar e’lon qilindi

The Bell nashrining Samsung smartfonlari uchun qismlarni yetkazib beruvchi hamkorlari orasidagi o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, Galaxy Note 10 planshetofoni ikki xil versiyada chiqadi. Bittasi standart flagman bo‘lsa, ikkinchisi nisbatan ixcham model bo‘ladi. Tabiiyki, uning apparat qismi ham nisbatan sodda, narxi ham arzonroq bo‘ladi, ammo jamlanmadagi stilusdan mahrum etilmaydi.

Galaxy Note 10’ning ixcham versiyasi Yevropa bozoriga mo‘ljallangan bo‘lib, faqat shu qit’a mamlakatlariga rasman yetkazib beriladi.

O‘QING: Galaxy Note 10 – Samsung’ning eng katta smartfoni!

Yana keyingi paytlarda tarqalgan xabarlarga qaraganda, Galaxy Note 10 modelida umuman birorta ham moddiy tugmacha bo‘lmas, ammo tegishli portlarga ega bo‘lar emish.

Mazkur planshetofon to‘rt modulli asosiy kameraga ega bo‘lib, uning optik sensorlari nisbatan kattalashtirilgan. Lekin yanada qizig‘i – uning sitilusida ham kamera bo‘ladi!

O‘QING: Galaxy Note 10 old kamerasi... S Pen stilusiga ko‘chiriladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!