GitHub resursini Microsoft sotib oldi. Endi nima bo‘ladi?

  •   DiMaX
  •  554
  •  27.10.2018 17:29

GitHub resursini Microsoft sotib oldi. Endi nima bo‘ladi?

Microsoft korporatsiyasi axborot texnologiyalari loyihalarining eng yirik xostingi – GitHub servisini xarid qilayotgani haqida avvalroq xabar bergandik. Ushbu xarid amalga oshgani rasman e’lon qilindi.

O‘QING: Microsoft dasturchilar uchun yirik resurs – GitHub’ni xarid qildi

Yevropa Ittifoqi ushbu xaridni ma’qulladi, tegishli xulosada shunday deyiladi:

«Komissiya aniqlashicha, Microsoft va GitHub faoliyatining birlashuvi bu bozorlarda raqobat bilan bog‘liq hech qanday xavf solmaydi, chunki birlashgan kompaniya avvalgidek har ikkala bozordagi boshqa o‘yinchilar tomonidan jiddiy raqobatga duch keladi».

Narx masalasiga kelsak, Microsoft uchun bu shartnoma o‘shanda aytilganidek 5 milliard ham emas, balki naq 7,5 milliard dollarga tushdi. Korporatsiya bu mablag‘ni o‘z aksiyalari bilan to‘laydi.

O‘QING: Internet foydalanuvchilari orasida mashhur bo‘lgan termin GitHub nima?

GitHub yangi bosh direktori Net Fridman (Nat Friedman) avval Microsoft’ning dasturchilar uchun servislar bo‘yicha vitse-prezidenti bo‘lgan. U o‘zining blogida yozishicha, mazkur servis bundan keyin ham mustaqil platforma holida qoladi va, Amazon Web Services yoki Microsoft Azure Cloud Services jihozlarini tanlashlaridan qat’i nazar, dasturchilarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Hozirda GitHub oldida turgan asosiy yo‘nalishlar – birgalikda ishlash uchun yaxshi tanlov bo‘lib qolish, dasturchilarga kengroq imkoniyatlar berish hamda tezkorlik, ishonchlilik va xavfsizlikni oshirish hisoblanadi. Microsoft korporatsiyasining u bilan bog‘liq rejalarida yana qidiruvni, bildirishnomalarni va mobil qo‘llashni yaxshilash masalalari ham bor.

Aytish kerakki, GitHub servisidan Apple, Amazon, Google va boshqa ko‘plab yirik texnologik kompaniyalar foydalanadi.

O‘QING: Shilqimlik qilgani uchun 48 nafar Google xodimi ishdan haydaldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!