Hali taqdim etilmagan Huawei P20 benchmarkda Galaxy S9 va Xperia XZ2 bilan bellashdi

  •   DiMaX
  •  1590
  •  15.03.2018 12:43

Hali taqdim etilmagan Huawei P20 benchmarkda Galaxy S9 va Xperia XZ2 bilan bellashdi

Xitoylik texnogigantning Huawei P20 smartfoni samaradorligini mashhur Geekbench servisida sinab ko‘rishdi. Aftidan, kompaniya bu modeli bilan aytarli maqtana olmaydi...

O‘QING: Mashhur insayder Huawei P20 flagmanlarining dizaynini to‘liq fosh etdi!

Aytish kerakki, Huawei P20 apparat ta’minotida biror kutilmagan yangilik yo‘q. Unga ham xuddi o‘tgan yilgi Huawei Mate 10 smartfoniga joylangan Kirin 970 protsessori qo‘yilgan. Ushbu chip 2,4 gigagersgacha takt chastotasida ishlovchi sakkizta yadroni o‘zida jamlagan. 4 gigabayt hajmli tezkor xotiraga ega bo‘lgan bu telefon Android 8.1 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Kutilganidek, Huawei P20 samaradorligi Mate 10 darajasida bo‘lib, u Samsung Galaxy S9 hamda Sony Xperia XZ2 modellaridan salkam ikki baravar past ko‘rsatkichlarni namoyon etdi. Mana, bu smartfonlarning yakka yadroli testda olgan ballarini taqqoslaymiz:

Ko‘p yadroli sinovda ham Huawei P20 hech qanday «mo‘’jiza» ko‘rsatmagan:

Dunyoning uchinchi raqamli smartfonsozi o‘zining Huawei P20 Lite gadjetini 20 martda, Huawei P20 va P20 Pro devayslarini (va ehtimol, eng qimmat P20 Porsche Edition modelini ham) 27 dekabrda namoyish etadi. Kutaylik-chi, balki «Pro» versiyasi raqobatchilarning flagmanlaridan ustunroq natija ko‘rsatar.

O‘QING: Huawei P20 Pro kamerasi uch karrali zumga ega bo‘ladi (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.