Huawei beshta modeldagi flagmanlari, jumladan – Mate X hamda Mate 30 5G sotuvga chiqish vaqtini rasman aytdi

  •   DiMaX
  •  667
  •  29.06.2019 11:55

Huawei beshta modeldagi flagmanlari, jumladan – Mate X hamda Mate 30 5G sotuvga chiqish vaqtini rasman aytdi

Moskva shahrida kuni kecha Huawei kompaniyasi matbuot anjumani o‘tkazdi. Xitoylik texnogigant unda navbatdagi flagman smartfonlarining savdoga chiqarilish vaqtini rasman ma’lum qildi.

O‘QING: Huawei Ark kompilyatori anonsi: kompaniya dasturchilarni HongMeng hamjamiyatiga chorlamoqda

Avvalo, beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi Huawei Mate 20 X 5G modeli shu iyul oyidayoq bozorga chiqadi. Qolaversa, kompaniyaning qayishqoq displeyli Huawei Mate X buklama smartfoni sentyabr oyida do‘konlar peshtaxtalariga qo‘yiladi.

Shuningdek, sentyabrda hali taqdim etiladigan Huawei Mate 30 hamda Mate 30 Pro ham oktyabrdayoq sotib olish mumkin bo‘ladi. Beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydigan Huawei Mate 30 5G flagmani esa dekabrda sotuvga chiqadi.

Huawei o‘zining HongMeng (xorijga chiqariladigan modellarda – Oak OS yoki Ark OS) operatsion tizimini ham shu yil sentyabrning oxiri yoki oktyabrning boshlarida namoyish etishi kutilmoqda. Hozircha esa Android operatsion tizimli aksariyat Huawei smartfonlarini 1 059 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Huawei’ni Android’dan mahrum etsa, Google o‘zi nimalarni yo‘qotadi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!