Huawei smartfonlarida reklama paydo bo‘ldi – qutulish yo‘lini o‘rganib oling!

  •   DiMaX
  •  870
  •  15.06.2019 12:04

Huawei smartfonlarida reklama paydo bo‘ldi – qutulish yo‘lini o‘rganib oling!

Keyingi paytlarda Xiaomi smartfonlarida reklama ko‘payib qolgan – kompaniya bundan yaxshigina daromad olyapti. MIUI dasturchilar bo‘linmasining rahbari uni kamaytirishga va’da bergan, ammo endi xitoylik gigant ham undan o‘rnak olayotir...

O‘QING: Samsung, Apple, Xiaomi va Huawei har bir smartfondan qancha sof daromad ko‘radi?

Xullasi kalom, Huawei hamda Honor brendi smartfonlarining egalari ekran blokirovkada turganida unda reklama aks eta boshlaganidan shikoyat qilishmoqda. Xususan, Huawei P30 Pro (sotib olish), P20 (xarid qilish), P20 Lite (sotib olish), P20 Pro hamda Honor 10 modellarida shu holat kuzatilmoqda.

Huawei ayni damda bu smartfonlarida biletlarni bron qiluvchi Booking.com servisini reklama qilmoqda. Uning nomi boshlang‘ich sozlamalarga ko‘ra o‘rnatilgan oboylarda aks etmoqda.

Reddit foydalanuvchilarining yozishlaricha, Booking.com reklamasi bir qancha mamlakatlardagi Huawei smartfonlarida ko‘rsatilmoqda. Jumlaadan, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Irlandiya, Norvegiya, Germaniya va Janubiy Afrika Respublikasidagi smartfonlar egalari bundan nolishgan.

Shu bilan birga, Huawei smartfonlarida reklamaadan qutulish ham uncha qiyin emas. Buning uchun standart oboylar o‘rniga istalgan bir chet oboylar turkumini o‘rnatish kifoya ekan!

Eslatib o‘tamiz, Huawei kompaniyasining ayrim smartfonlarini 1 059 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Huawei bo‘sh kelmaydi – bir necha oydan so‘ng u Samsung’ni taxtdan ag‘darmoqchi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!