Intel’ning ishi chatoq: Apple izidan Microsoft ham uning chiplaridan voz kechishi mumkin

  •   DiMaX
  •  568
  •  22.12.2020 14:50

Intel’ning ishi chatoq: Apple izidan Microsoft ham uning chiplaridan voz kechishi mumkin

Microsoft o‘zining ARM arxitekturasiga asoslangan server protsessorini ishlab chiqmoqda. Ya’ni, shu tariqa Intel server bozoridagi eng yirik o‘yinchilaridan birini yo‘qotishi mumkin, deb yozadi UZZOOM.

O‘QING: Microsoft patentlashtirgan «marhumlarni tiriltirish» texnologiyasi nimasi bilan xavfli?

Bloomberg nashri manbalariga ko‘ra, Microsoft o‘z protsessorlarini rivojlantirmoqda. Microsoft Azure bulutli xizmatlari uchun ARM arxitekturasini ishlab chiqmoqda.

Bundan tashqari, kompaniya Surface oilasi qurilmalarida xususiy protsessorlardan foydalanish haqida ham o‘ylamoqda. Microsoft yaqinda Intel, Advanced Micro Devices, Nvidia va Qualcomm kabi kompaniyalarning ishlab chiqaruvchilarini faol ravishda o‘z safiga qo‘shmoqda.

Microsoft hozirda birinchi navbatda Intel protsessorlaridan foydalanmoqda, ammo AMD va Qualcomm bilan ham hamkorlik qilmoqda. Shuning uchun, o‘z chiplariga o‘tish shundoq ham Apple’ni yo‘qotgan Intel uchun qattiq zarba bo‘ladi.

Aytgancha, bu yangilik kompaniyalar aksiyalariga ham ta’sir qildi. Intel aksiyalari darhol 6,3% ga arzonlashib, 47,46 dollarga tushib ketdi. AMD aksiyalari esa 1% arzonlashdi.

O‘QING: Barcha Android-smartfonlar sohiblariga Microsoft’dan xushxabar bor!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!