Internetga bog‘lanib qolgansiz: buning 10 ta belgisi bor

  •   Saroy
  •  1845
  •  29.09.2018 16:35

Internetga bog‘lanib qolgansiz: buning 10 ta belgisi bor

Internetga bog‘lanib qolish tibbiy tomondan olib qaralganda   rasman ruhiy buzilish hisoblanmaydi. Ammo olimlar mana bir necha yildan buyon internetga ortiqcha berilish aynan shaxsning buzilishi ekanini ta’kidlashmoqda. Ular shu bilan birga ushbu muammoning ildizini topishga va uning oqibatlarini bilishga urinishmoqda. Hozircha esa internetga bog‘lanib qolishning o‘nta belgisi ma’lum.

Borgan sari ko‘p vaqtingizni internetda o‘tkazmoqdasiz

Bu yerda chegara shu qadar nozikki, siz haqiqatan ham zarurat yuzasidan internetga kiryapsizmi yoki vaqtni o‘ldirish uchunmi, bilish juda qiyin.

Bu muammo korporatsiya rahbariyatlarini ham tashvishga solmoqda. Chunki  foydalanuvchilarni ijtimoiy tarmoqqa o‘tirishga majburlayotgan aynan o‘shalar deb qaraladi.

Masalan, Facebook, Instagram va YouTube internetda o‘tkazilgan vaqtni kuzatib borish funksiyasidan foydalanadi. Bundan tashqari, ular  ijtimoiy tarmoqda bo‘lishni chegaralash imkoniyatini kiritishgan. Bu sizning qay darajada internetga berilib qolganingizni va u yerda haqiqatan ham qancha vaqtingizni o‘tkazayotganingizni baholash imkonini beradi. Agar sizga ijtimoiy tarmoqda bo‘lganingiz hali oz ko‘rinsa va yana bo‘lmoqchimisiz – demak bu shundan belgi beradi.

O‘QING:Dunyoga darz ketadi: internetni ikkiga bo‘lishmoqchi

Tarmoqda qancha vaqt o‘tkazish mumkin? Agar oftalmologlarning tavsiyasini hisobga olmasak, qancha hohlasangiz shuncha bo‘lishingiz mumkin. Ammo bu mi’yor shunday shartda bo‘lishi mumkinki, agar siz qandaydir muhim bir maqsadni ko‘zlagan bo‘lsangiz. Agar shunchaki, bir veb-sahifadan boshqa veb-sahifaga sayohat qilsangiz, demak bu berilish belgisi bo‘ladi

Ha — 1 ball
yo‘q — 0 ballov

Tarmoqqa kirolmasangiz, juda kuchli salbiy hisni tuyasiz

Agar aloqasiz qolsangiz qanchalik xafa bo‘lasiz, shuni tushinish juda muhim. Bu yengil havotir, achchiqlanish yoki kuchli vahimaga berilish, bo‘shliqni his qilish, depressiyaga tushish bo‘lishi mumkin. Ustiga ustak, hatto jismoniy simptomlar paydo bo‘lishi mumkin: og‘riq, yurak urishi tezlashishi, nafas olishdagi muammo.

O‘QING:Internet bo‘yicha "O‘zbektelekom" monopoliyasiga ham barham beriladi!

Buni o‘zingizda sinab ko‘rish uchun, kunni internetsiz o‘tkazish maqsadini oldingizga qo‘ying, masalan dam olish kunida. Agar siz ushbu cheklovni osongina yengib o‘tdingizmi, demak havotir olmasa ham bo‘ladi. Agar internetsiz o‘tayotgan vaqt sizga juda qiyin kechsa va siz chiday olmasangiz, demak bu jiddiy muammo.

Ha — 1 ball
Yo‘q — 0 ballov

Fikrni bir joyga to‘play olmayapsizmi

Mutooala vaqtida, xat yozayotganingizda yoki videokontentni ko‘rayotganingizda smartfoningizni tekshirib ko‘rishdan o‘zingizni tiya olmayapsizmi. Satrlar aralashib ketyaptimi, ma’lumot yodda qolmayaptimi, yangi narsaga qiziqish tezda yo‘qolayaptimi.

Albatta bu hol stress bilan bog‘liq bo‘ladi. Biroq parishonxotirlik chekinmasa va barcha mashg‘ulotda hamroh bo‘lsa, demak chora ko‘rish vaqti kelgan.

Ha — 1 ball
Yo‘q — 0 ballov

Har doim internetda mashg‘ulotingiz haqida o‘ylaysizmi

Ish, hordiq, suhbat chog‘ida, siz bular tugashi bilan  nihoyat internetda o‘zingiz sevgan odatiy mashg‘ulot bilan mashg‘ul bo‘lishni o‘ylaysizmi. Postlarni o‘ylab topish, kompyuter o‘yinlaridagi taktikalarni miyangizda jamlash, yangi xaridlar haqidagi hayollar, bularning hammasi internetga bog‘lanib qolganlikning belgisi hisoblanadi.

O‘QING:«Internet o‘charmish»: haqiqatmi yoki tuturiqsiz afsona

Ayrim kishilar o‘z hayotlarini shunday tasavvur qiladilarki, ishqilib uning tashqi ko‘rinishi ijtimoiy tarmoqlar uchun  chiroyli kartinadek yarashsin. Foto uchun maxsus intererlar, sayr va sayohatlar va rasm hamda videokontent ustida tinmay ishlash — chiqib ketish mushkul bo‘lgan yopiq davra bu.  Muammoni anglash — juda muhim qadam, faqat o‘zni qo‘lga ola bilish lozim.

Ha  — 1 ball
Yo‘q — 0 ballov

Internetga berilish odamlar bilan munosabatingizni buzadi

Qarindoshlaringiz, do‘stlaringiz yoki hamkasblaringiz sizning internetda haddan ortiq ko‘p vaqtingizni o‘tkazayotganingizga e’tibor qaratishadi va sizga buni eslatadimi? Bu yaxshi belgi emas. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, unga atrofdan qarab to‘g‘ri baho berish mumkin, xalos. Shu bois o‘zgalarning fikrini ham inobatga olish lozim. Agar sizning yaqinlaringiz bilan munosabatingiz buzilgan bo‘lsa va bunga sizning internetda ko‘p vaqt o‘tkazishingiz sabab bo‘ladigan bo‘lsa, bu ham internetga bog‘lanib qolganingiz belgisi bo‘ladi.

Internetga bog‘lanib qolgan odamlar o‘zining muammosini yashirish uchun atrofdagilarni tez-tez aldashga to‘g‘ri keladi. Muammoni inkor etish va  vaziyatni yumshatishga harakat qilish, bularning barchasi internetsiz yashay olmaydigan odamlarga xos odatdir.

Ha — 1 ball
Yo‘q — 0 ballov

Sizda ishda yoki o‘qishda muammo paydo bo‘ldimi

Bu bo‘lim avvalgisining davomi bo‘lishi ham mumkin. Hamkasblar va rahbariyat bilan yomon munosabat. O‘zining frilanserlikdagi vazifalarini inkor etish va o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborish — bularning barchasi virtual hayotni deb, haqiqiy hayotdan uzilib qolganlik natijasida bo‘ladi.

O‘QING:«Yangi internet» paydo bo‘lmoqda: hozircha 30 million dollar jalb qilindi

Bunday muammolarga duch kelish uchun albatta 10 soatlab uzluksiz videoo‘yinlarda o‘tirish shart emas. Berilish sezdirmasdan rivojlanishi mumkin: siz shunchaki yartalablari  yangiliklarni o‘qiyman deb ishga  kech qolasiz yoki yutubda video ko‘raman deb o‘tirib qolasiz va uyga berilgan vazifani bajarishga ulgurmay qolasiz. Bu internetga berilishning dastlabki belgilari, hatto tarmoqda o‘tirgan vaqtingiz bir soatdan oshmasa-da.

Ha — 1 ball
Yo‘q — 0 ballov

Vaqtingizni maqsadsiz o‘tkazasiz

Tarmoqda bo‘lishga berilgan kishi ba’zan u yerda hech narsa qilmaydi. O‘ynamaydi, ishlamaydi, ma’lumot qidirmaydi, balki shunchaki  bildirishnomalardan boxabar bo‘lish uchun  sahifalarni yangilab o‘tiradi.

Har doim kutish holatida bo‘lish, kishining ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ular smartfondan voz kechishi mumkin, bildirishnomani o‘chirib qo‘yishi mumkin va ortiqcha saytlarga, odamlarga va  hamjamiyatga  shunchaki rasmiyatchilik yuzasidan javob qaytarasiz.

Siz odamlar internetda nimani yozayotgan bo‘lsa barchasini jiddiy qabul qilasiz, bahslarga qo‘shilasiz va virtual suhbatni hayolingizda uzoq davom ettirasiz.

Ha — 1 ball
Yo‘q — 0 ballov

Siz internetga ko‘p pul sarflayapsizFoydalanuvchilar tez-tez internetga pul sarflaydilar: xarid qilishadi, o‘ynaydi yoki nufuzli akkauntlarga pul to‘laydi. Bunday narsalarga haddan ortiq pul sarflash havotirdan ogohlantiruvchi  qo‘ng‘iroq hisoblanadi. Bunday vaziyatda tarmoqqa berilish bilan bog‘liq bir yo‘la bir nechta muammo haqida gapirsa bo‘ladi. Masalan, ayrimlar soatlab o‘tiradi va ming-minglab so‘m mablag‘ini onlayn-kazinoga sarflaydi yoki videoo‘yinlarning qo‘shimcha funksiyalariga to‘lov qiladi.

O‘QING:Internetda yangi xit: fotosuratdan «ko‘rinmas» avtomobilni toping-chi?

Agar shunday bo‘lsa, hisobingizdan qancha pul sarflanganini tahlil qilishingiz kerak bo‘ladi va ushbu sarf-xarajat haqiqatan ham zarurmidi, shuni tushinib olish kerak. Dastlab, eng birinchi navbatda o‘zingizning moliyaviy ahvolingizni xavf ostiga qo‘ymaslik uchun bank kartangizga cheklov qo‘yishingiz mumkin, keyin esa muammoni tahlil qilsangiz bo‘ladi.

Ha — 1 ball
Yo‘q — 0 ballov

Siz hayotiy uchrashuv o‘rniga onlayn-suhbatni ma’qul ko‘rasiz 

Internetga bog‘lanib qolgan odamlar do‘stlar yoki qarindoshlar va vaqt bilan internet orasida tanlash bo‘lsa, har doim so‘ngisini tanlaysiz. Sayr, safar, kechki bazmlarlarga faqat tarmoqdan uzilmagan sharoit bo‘lsagina rozi bo‘lasiz. Har kuni bir necha kishidan iborat kompaniyaning o‘z smartfonlari bilan ovora bo‘layotganini ko‘rishimiz mumkin. Katta ehtimol bilan ularni bemalol internetga berilgan, desak bo‘ladi.

Shuncha narsa yetmaganidek, ularning ayrimlari jonli suhbat qilish yo‘llarini ham unitib qo‘yishadi. Ularga tarmoq orqali kim bilandir gaplashish yoki tanishish mavjud aloqalarni ushlub turishdan ko‘ra ancha oson. Offlaynda suhbatlashishi og‘irlashib bormoqda, lekin chatlarda aloqa qilish osonlashib bormoqda va suhbat qurishga qiynalmaydi.

O‘QING:Google’ning internet tejovchi ilovasi endi uni g‘amlab qo‘yishni ham o‘rgandi

Hayotining ongli qismini virtualda o‘tkazayotgan ko‘plab zamonaviy yoshlar jonli suhbatni o‘rgana olmadilar. Shu tufayli depressiya va tashvishli porakandalik, kayfiyatning buzilishi.

Ha — 1 ball
Yo‘q — 0 ballov

Sog‘ligingiz bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldimi

Internetga bog‘lanib qolishlik muammosi bilan bog‘liq tushkunlikning butun boshli ro‘yxati mavjud. Aksariyat berilgan odamlar gigiyenaga amal qilmaydi, dush qabul qilishni unitadi, tishini tozalamaydi yoki olma yemoqchi bo‘lganda uni yuvmaydi. Bularning barchasi  organizm tizimida o‘z aksini namoyon qiladi. Shu bilan birga,  ovqatlanish odatida ham buzilish yuz beradi: ayrimlar o‘z vaqtida ovqatlanishni unitadi yoki suv ichmaydi, boshqasi kompyuter oldida o‘tirib ko‘p yeb yuborganini bilmay qoladi.

Internet-foydalanuvchilar shuningdek, ko‘zi qurib qolish muammosi bilan ham tuqnash keladi, bu esa ko‘z kasallikni keltirib chiqaradi, yelka og‘riydi, vaqti-vaqti bilan qattiq bosh og‘rigi tutib qoladi, uyqusizlik qiynaydi. Yana bir ko‘ngilsizlik — karpal kanali sindromi — qo‘lning asab tolalari zararlanishi, bu uzoq vaqt sichqoncha yoki tachpad bilan ishlaganda mushaklar zo‘riqishidan kelib chiqadi.

Internet-beriluvchanlik hozircha kasallik deb tan olingani yo‘q, ammo u ko‘plab odamlarning hayot sifatini pasaytirmoqda. O‘zingizni o‘zgalar bilan taqqoslash fonida uyqusizlik, qo‘rquvning ortishi, depressiya kuzatilsa, demak noutbukni o‘chirish vaqti kelgan.

Ha — 1 ball
Yo‘q — 0 ballov

Natijalar

Agar besh yoki undan ko‘p  ball yig‘dingizmi, demak sizda ushbu muammo mavjud.

Har qanday bog‘lanib qolish, bu shaxsiyatning buzilishidir. O‘zni addiktiv tutish o‘zida ko‘plab salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bu internetga bog‘lanib qolishmi, narkotik moddalarga berilishmi yoki  sportga, buning ahamiyat yo‘q. Agar  destruksiya bo‘lsa — bu yomon va albatta  mutaxassisga murojaat qilish lozim.

Mutaxassisga muammolaringizni so‘zlab bering, chunki tarmoqqa bog‘lanib qolish juda jiddiy muammo va unga qarshi yolg‘iz kurashish qiyin bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bu tushkinlik chuqurlashishi mumkin va unga qarshi kurashish tobora qiyinlashib ketadi. Havotir qo‘ng‘irog‘ini qanchalik erta chalsangiz — ushbu muammo bilan shuncha samarali kurasha olasiz.

Agar olgan ballaringiz besh balldan kam bo‘lsa, to‘laqonli berilish sizda hali shakllanmagan, lekin internet bor ekan, ijtimoiy tarmoqlar faoliyat ko‘rsataverarkan, xavf baribir saqlanib qolaveradi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!