Iyun oyida LG yangi LG V35 smartfonini namoyish etadi, hali bu hammasi emas...

  •   Saroy
  •  1643
  •  23.05.2018 18:09

Iyun oyida LG yangi LG V35 smartfonini namoyish etadi, hali bu hammasi emas...

Androidauthority portalining xabar berishicha, iyun oyida LG kompaniyasi bir yo‘la beshta yangi qurilmani savdoga chiqarmoqchi. Hozircha ularning ikkitasi haqida ma’lum qilingan bo‘lib, yozning birinchi oyidan boshlab savdoga chiqariladi.

LG Q7 va Q7 Plus

Ushbu bir juft apparatlar haqida 21 mayda ma’lum qilingan edi, lekin ularning narxi va savdoga chiqadigan  muddati endi oshkor bo‘ldi. LG Q7 va Q7 Plus Koreyada iyun oyida tegishlicha 370 va 463 dollar narxida chiqadi. Shundan keyin Yevropada, sal keyinroq AQSh va Osiyoda xaridorlar hukmiga havola etiladi.

O‘QING: AQShda iPhone’dan keyingi ommabop smartfon brendlari aniqlandi

LG V35 ThinQ

Bu model haqida avval yozilgan edi, endi esa yangi ma’lumotlar ham paydo bo‘ldi. LG V35 ThinQ 6 gigabaytli tezkor xotiraga hamda 64 gigabaytli ichki xotiraga ega.  Kamera f /1.9 diafragmali 8 Mp bo‘ladi, batareya 3000 mAch, sun’iy ong ThinQ’ning barcha seriyalaridagi kabi, rangi Aurora Black.

LG X2 va X5

Shuningdek, LG iyun oyida X2 (2018) va X5 (2018) arzon telefonlarning yangilangan versiyasi ham taqdim etiladi. LG X2 (2018) 5-dyuymli HD-ekranga ega, protsessori Snapdragon 425, tezkor xotirasi 2 gigabayt va 32 GB PZU. Daktiloskopik datchiklar, 2410 mAch batareyal va narxi 185 AQSh dollar ekani haqida ham ma’lum qilingan.

LG X5 (2018)   5,5 dyuymli HD-ekran bilan jihozlanadi, chipi MediaTek MT6750’dan, 2 gigabaytli OZU va 32 gigabayt PZU. Asosiy kamera 13 Mp tasvir datchigiga ega bo‘ladi, old kamera esa 3 Mp. Barmoqlar izini oluvchi skaner va  4500 mAch batareyaga ega. Batareya tezkor quvvatlash texnologiyasiga tayanadi. LG X5 (2018) Koreya bozorida 277 AQSh dollarida savdoga chiqarilishi ma’lum qilingan.  

O‘QING: Bir ob’yektivli Galaxy S8 bosh kamerasi “qo‘sh ko‘zli” LG G6 va iPhone 7 Plus’ga qarshi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!