JCh–2018: muxlislar qanday smartfonlardan foydalanishmoqda?

  •   DiMaX
  •  1915
  •  16.06.2018 16:11

JCh–2018: muxlislar qanday smartfonlardan foydalanishmoqda?

Shu kunlarda jahon afkor ommasining hamda millionlab ishqibozlarning e’tibori futbol bo‘yicha 2018 yilgi Jahon chempionatda bo‘lib turibdi. Jumladan, ushbu o‘yinlarni bevosita maydonlarda tomosha qilish uchun Rossiyaga tashrif buyurgan muxlislarning qanday smartfonlar tutishi ham o‘rganib chiqilgan.

O‘QING: Ucell’dan yana bir hadya: Futbol bo‘yicha jahon chempionati – smartfoningizda!

oneFactor kompaniyasi SmartIndex reklama platformasi ko‘rsatkichlariga asoslangan holda ushbu ma’lumotlarni e’lon qildi. Buni qarangki, futbolning haqiqiy ishqibozlari orasida ommalashgan smartfonlar reytingida eng yuqori uchta o‘rinni Apple mahsulotlari egallagan.

Umumiy hisobda olib qaraganda, mazkur ro‘yxatning cho‘qqisida iPhone 7 savlat to‘kib turibdi. SmartIndex ma’lumotlariga ko‘ra, Jahon chempionatini «jonli» tomosha qilishga kelganlar orasida 10 mingdan ortig‘i ayni shu modeldagi ayfon tutadi. Reytingning ikkinchi pog‘onasini esa 7 mingtalik ko‘rsatkich bilan iPhone 6 modeli zabt etgan. iPhone X superflagmani esa kuchli uchlikni yakunlab bergan.

O‘QING: Futbol ishqibozlari uchun yettita ajoyib ilova

Shuningdek, qaysi mamlakatlardan kelgan ishqibozlar qaysi modeldan ko‘proq foydalanayotgani ham ma’lum qilindi. Masalan, eng qimmat iPhone X smartfonidan foydalanayotganlar orasida Saudiya Arabistonidan kelgan muxlislar ko‘proq – bu modeldagi ayfonlarning 20 foizi aynan saudiyaliklar qo‘lida. iPhone 7 rusumli smartfonlardan esa ko‘proq braziliyalik (12 foiz) hamda perulik (11 foiz) muxlislar foydalanishmoqda. Oltinchi avlod ayfonlar egalari orasida esa avstraliyaliklar ko‘proq ekanligi aniqlandi.

«Tishlangan olma»siz smartfonlar bo‘yicha esa janubiy koreyaliklarning Galaxy turkumiga mansub qurilmalar futbolsevarlar orasida ommaboproq bo‘lib chiqdi. Jumladan, Galaxy J2 devaysidan senegallik, J5 gadjetidan tunislik, Galaxy S7 modelidan esa janubiy koreyalik ishqibozlar ko‘proq foydalanishayotgan ekan.

Boshqa modellardagi smartfonlar futbol ishqibozlari orasida deyarli bir xilda ommalashganini aytishmoqda.

O‘QING: Futbol: Jahon chempioni hozirdanoq ma’lum

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!