Ko‘plab Xiaomi smartfonlari egalarini bir imkoniyatdan mahrum etishdi

  •   DiMaX
  •  3099
  •  30.09.2019 16:45

Ko‘plab Xiaomi smartfonlari egalarini bir imkoniyatdan mahrum etishdi

2016 yili taqdim etilgan Pokemon Go mobil o‘yini hozirda o‘sha paytdagidek ommabop bo‘lmasa-da, baribir uning ishqibozlari ko‘p. Uning ishlab chiquvchisi – Niantic kompaniyasi o‘yinda nohalol usullar qo‘llanishiga qarshi faol kurashib ham keladi.

O‘QING: Barchaning aql-hushini o‘g‘irlagan Pokemon GO qanaqa o‘yin?

Nohalol usullardan biri chiterlik (inglizcha «cheat» – «firibgarlik, aldov» so‘zidan) hisoblanadi. Bu – ko‘pchilik bo‘lib o‘ynaluvchi o‘yinlarda chet dasturlar va nostandart apparat ta’minotlarini qo‘llagan holda nohalol tarzda ustunlikka ega bo‘lishdir.

Buni qarangki, yaqindan beri Niantic algoritmlari Xiaomi hamda Redmi brendlarining mobil qurilmalarida qo‘llanuvchi MIUI proshivkasini chiterlik, deb hisoblay boshlagan. Natijada ushbu smartfonlarda Pokemon Go o‘yini bloklab qo‘yilgan va ularning foydalanuvchilari pokemon ovlash imkonidan mahrum bo‘lishgan.

Reddit ijtimoiy yangiliklar resursidagi foydalanuvchilar, Pokemon Go qoidalariga zid biror ish qilmagan bo‘lsalar-da, akkauntlari vaqtincha bloklanganidan shikoyat qila boshlashgan. Faol muhokamalardan so‘ng aniqlanishicha, mazkur holat Xiaomi kompaniyasining ayrim smartfonlarida, shu jumladan, Redmi Note 7 (sotib olish) hamda Redmi Note 5 modellarida kuzatilayotgan ekan. Aftidan, mazkur muammo MIUI proshivkasiga yoki ulardagi ilovalarga borib taqaladi.

Niantic hozircha mazkur holat yuzasidan biror rasmiy izoh bermagan.

O‘QING: Barcha Xiaomi smartfonlari uchun eng kerakli ilova chiqdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!