Nihoyat, Telegram videoqo‘ng‘iroqlari Android va macOS’da ham ishlay boshladi!

  •   DiMaX
  •  4245
  •  13.08.2020 10:43

Nihoyat, Telegram videoqo‘ng‘iroqlari Android va macOS’da ham ishlay boshladi!

Yurtimizda ommabop bo‘lgan Telegram messenjerining iOS kliyentiga videoqo‘ng‘iroq qo‘shila boshlagan, biz uni faollashtirish usulini e’lon qilganmiz. Endi esa mazkur funksiya uning Android hamda macOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqilgan dasturlarining beta-talqinlarida ham ishga tushdi.

O‘QING: OGOH BO‘LING: Telegram-akkauntingizni firibgarlar egallab olishmoqchi!

Videoqo‘ng‘iroqni sinab ko‘rish uchun Android-smartfonlar egalari mana bu havola orqali Telegram 7.0.0 beta versiyasini o‘rnatib olishlari kerak bo‘ladi. Keyin esa istalgan chatni ochib, uning yuqori o‘ng burchagidagi belgichani bosasiz.

Uzoq kutilgan videoqo‘ng‘iroq funksiyasi Telegram’ning barqaror talqiniga ilovaning 7.0 talqinida qo‘shiladi. Bunga ham ko‘p vaqt qolgani yo‘q: uning ertaga – 14 avgust kuni taqdim etilishi kutilmoqda. Zero, ayni shu kuni messenjer o‘zining yetti yilligini nishonlamoqda.

Aytish kerakki, videoqo‘ng‘iroq funksiyasidan foydalana olishingiz uchun, suhbatdoshingizda ham uning Telegram 7.0.0 beta talqini o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Shunday ekan, mazkur xabarni do‘st va yaqinlaringizga ham ulashing va birgalikda yangi imkoniyatdan bahra oling!

O‘QING: Telegram’da mana shu niklarni aslo ishlata ko‘rmang!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!