Nihoyat, Xiaomi Mi MIX 2S ilk «jonli» suratda: mutlaqo romsiz displeyda barmoq izi skaneri!

  •   DiMaX
  •  4643
  •  01.03.2018 16:20

Nihoyat, Xiaomi Mi MIX 2S ilk «jonli» suratda: mutlaqo romsiz displeyda barmoq izi skaneri!

«Xitoycha Apple» o‘zining Mi MIX 2S smartfonini uning ashaddiy raqibi bo‘lishi kutilayotgan Huawei P20 flagmani bilan bir kunda – 27 martda taqdim etmoqchi. Biroq Xiaomi shu paytgacha bu smartfonning texnik ta’minoti haqidagi ma’lumotlarni va qurilmaning suratlarini rasman ma’lum qilmagan.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 2S taqdimot kuni rasman aytildi

Bugun insayderlar Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Xiaomi Mi MIX 2S smartfonining birinchi «jonli» rasmini e’lon qilishdi. Qurilmaning ekrani romlardan deyarli mutlaqo xoli – tepasi va yon qismlarida hoshiya umuman ko‘zga tashlanmaydi, pastki chekkasida esa 2-4 millimetrlik hoshiya bor, xolos.

Suratga qarab turib, daktiloskopik skaner displeyning o‘ziga joriy etilganini anglash qiyin emas. Bu esa, o‘z navbatida, telefonning ekrani AMOLED-matritsadan yasalganligini anglatadi. Aytib o‘tish kerakki, Xiaomi kompaniyasining Mi MIX modellar turkumiga mansub qurilmalari ekranida faqat an’anaviy IPS-matritsa qo‘llanar edi.

Xiaomi Mi MIX 2S gadjetiga nisbat berilayotgan texnik xususiyatlar, uning suratlari haqida avvalgi maqola va xabarlarimizdan batafsil ma’lumot olishingiz, shuningdek, videosini tomosha qilishingiz mumkin.

O‘QING: Xiaomi tayyorlayotgan – skanerli displeyga ega, 256 GB xotirali smartfonni tomosha qilamiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!