Nokia eng kutilgan flagmanini keyingi haftada taqdim etyapti!

  •   DiMaX
  •  1350
  •  17.08.2018 13:44

Nokia eng kutilgan flagmanini keyingi haftada taqdim etyapti!

HMD Global kompaniyasi Nokia brendi ostida bir nechta smartfon taqdim etib, allaqachon xaridorlar mehrini qozonib ulgurdi. Ammu ushbu markaning asosiy flagmani hali oldinda.

O‘QING: Barcha Nokia smartfonlari egalari uchun ajoyib syurpriz bor!

Kompaniyaning xabar qilishicha, kelasi haftaning seshanba kuni – 21 avgustda o‘zining eng kutilgan flagmanini namoyish etmoqchi. Uning reklama tasvirida silueti aks ettirilgan smartfonning Nokia 9 modeli ekani taxmin qilinmoqda.

Shu paytgacha tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Nokia 9 yakka kristalli Snapdragon 845 protsessoriga, OLED-displeyga integratsiya qilingan daktiloskopik datchikka, shuningdek uch modulli sifatli asosiy kameraga ega.

Bu boradagi yangiliklarni biz bilan birga kuzatib boring!

O‘QING: Nokia’ning navbatdagi flagmani iPhone X’dan qimmat, ammo bu bekorga emas!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!