Oppo bir yo‘la uchta buklama smartfonga patent oldi

  •   Saroy
  •  1172
  •  05.07.2018 12:20

Oppo bir yo‘la uchta buklama smartfonga patent oldi

Oppo kompaniyasi  buklama smartfonlarini chiqarishga tayyorlanmoqda, ular uch ko‘rinishda bo‘ladi. Ayni paytda tarmoqlarda Oppo kompaniyasining bir yo‘la uch xil buklama smartfoniga olingan uchta patenti paydo bo‘ldi.

Birinchi varianti ekran uchun havo “xavfsizlik yostig‘i” bilan bo‘ladi. U smartfon buklanganda,  maxusus kameralarga havo yig‘ilib, displeyni zarar ko‘rishdan himoya qiladi.

O‘QING:Oppo R15S haqida qiziq ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda

Ikkinchi patent qurilmaning bir yo‘la uchta ekrani borligidan guvohlik bermoqda: ikkita asosiy va bitta qo‘shimcha bo‘ladi. Taxlangan  holatda bitta displey panelning ustki tomonida bo‘ladi, ikkinchisi orqa tomonda, agar uni ochsangiz uchunchi ekran ham “yoyilib”, qarshingizda namoyon bo‘ladi. Natijada qurilma taxlangan gadjetdan uch barobar katta rasmerdagi haqiqiy planshetga aylanadi.

O‘QING:Oppo A73 bir yumalab Oppo A73s’ga aylanmoqda: texnik imkoniyatlari qanday bo‘ladi?

Nihoyat, Oppo’ning uchunchi ishlanmasi Samsung’ning avvalgi g‘oyalarini eslatib  yuboradi. Bu, sharnir va egiluvchan yostiqcha yordamida ikki bukiladigan  bitta katta ekrandan iborat bo‘ladi.

O‘QING:Parijda "rekordchi" Oppo Find X taqdim qilindi

Bularning barchasi hozircha patent, Oppo o‘zining kelgusida chiqarayotgan buklama smartfoniga qaysi dizaynni tanlashini  esa,  vaqt ko‘rsatadi.