Oylik internet-to‘plamlarni 30 aprelgacha yarim narxida olib ulguring!

  •   DiMaX
  •  3273
  •  20.04.2020 18:25

Oylik internet-to‘plamlarni 30 aprelgacha yarim narxida olib ulguring!

Uyali aloqa operatorlari bepul kirish imkonini taqdim etgan saytlarning ro‘yxatini e’lon qilganimizdan so‘ng ham ular o‘z abonentlariga boshqa imtiyozlar berishgan. «O‘zbektelekom» yana oltita saytga kirishni bepul qilgan, Beeline ham shunday yo‘l tutgan. Ucell abonent to‘lovisiz tarifiga o‘tish imkonini va unda bepul to‘plamlarni taqdim etgan...

O‘QING: «Tungi internet» yanada arzonlashdi – naq 31 maygacha!

Mobiuz (sobiq Universal Mobile SystemsUMS) bugun o‘z abonentlari uchun yangi aksiyani e’lon qildi. Xabarga ko‘ra, 30 kunlik muddatda amal qiluvchi 2000 va 3000 megabaytlik internet-to‘plamlarni 20 apreldan 30 aprelgacha 50 foizlik chegirma bilan xarid qilish mumkin.

Demak:

16 500 so‘mga 2000 MB sotib olish uchun *102*0002# kodini tering.

22 500 so‘mga 3000 MB sotib olish uchun *102*0003# kodini tering.

To‘plamlar soni cheklanmagan bo‘lib, ular faqat jismoniy shaxslar uchun taqdim etilmoqda.

O‘QING: Sizga faqat internet kerakmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!