Samsung Galaxy S10’ ga ko‘z yoyi skanerini o‘rnatmaydigan bo‘ldi

  •   Saroy
  •  1008
  •  23.06.2018 10:33

Samsung Galaxy S10’ ga ko‘z yoyi skanerini o‘rnatmaydigan bo‘ldi

Samsung Electronics kompaniyasi o‘zining «yubiley» flagmani – Galaxy S10’ga ko‘z yoyi skanerlash funksini o‘rnatmaydi.  Janubiy Koreyaning  The Bell nashri kompaniyaning axborot manbalariga tayangan holda ana shunday xabarni tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, Samsung hamkorlariga o‘zining Galaxy S10 seriyasi uchun ko‘z yoyi skanerlash modulidan nusxalarni buyurtma berishni to‘xtatgan. Foydalanuvchilarning ko‘z yoyi skaneri bo‘yicha autentifikatsiya funksiyasi ilk bor taniqli va noxush xotira qoldirgan smartfoni – Galaxy Note 7’da qo‘llanilgan edi, keyinchalik ushbu funksiya navbatdagi flagmanlari uchun ham qo‘llanila boshlandi.

O‘QING: Samsung’dan 350 millionta smartfon: bu rejami yoki orzu?

Kutilganidek, Galaxy S10  Samsung’ning barmoqlar izi skanerli ekrani bilan ta’minlangan ilk smartfoni bo‘ladi. Shuningdek, Samsung yuzni 3D-skanirlash uchun yanada yupqa modulni yaratish ustida ham ish olib bormoqda.

Avval tarqalgan xabarlarga qaraganda,  Galaxy S10 va Galaxy S10+ «yubiley»  flagmanlarining ichki kodli atamasi Beyond nomi ostida bo‘lgandi. Eslatib o‘tamiz, Galaxy S9’ga ham  sovdaga chiqqunga qadar Star,  Galaxy S8’ga esa — Dream, deb nom berilgan edi.

O‘QING: Samsung’ning ikkita ekranli smartfoni – bu Galaxy S10 yoki Galaxy Note bo‘lishi mumkin

Ma’lum bo‘lishicha, yangi smartfonlar diagonali 5,8 va 6,3 dyumli Infinity Display ekrani  bilan ta’minlanadi. Boshda aytganimizdek, u Samsung’ning barmoq izlari skaneri bo‘lgan  ilk samartfoni bo‘ladi. Qolaversa, qurilmaga yanada yaxshilangan yuzni aniqlash 3D-kamera joylashtirilgan.

Samsung o‘zining ushbu “Shoh asari”ni kelasi yil 8 yanvardan 11 yanvargacha  Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan CES 2019 ko‘rgazmasida namoyish etishi mumkin.

O‘QING: Samsung yana jarimaga tortildi: bu safar naq 400 million dollarga

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!