Samsung kutilmaganda «Oskar» tadbirida Galaxy Z Flip’ni namoyish etdi! (+rasmiy video)

  •   DiMaX
  •  4242
  •  10.02.2020 10:45

Samsung kutilmaganda «Oskar» tadbirida Galaxy Z Flip’ni namoyish etdi! (+rasmiy video)

Bugun, 10 fevral kuni o‘tgan yilning eng zo‘r filmlarini taqdirlovchi «Oskar» marosimi bo‘lib o‘tdi. Kino olamining eng yirik tadbiri bo‘lgan ushbu anjumanda reklama beruvchilar o‘zlarining muhim mahsulotlarini namoyish etishdi.

O‘QING: Apple aqldan ozdi - endi «Oskar»ni ham olmoqchi!

Bu yilgi «Oskar» tadbirida ko‘rsatilgan eng muhim va kutilmagan reklama esa Samsung «raskladushka»si – Galaxy Z Flip namoyish etilgan rolik bo‘ldi! To‘g‘ri, bu qurilmaning to‘lqonli taqdimoti ertaga – 11 fevralda bo‘lib o‘tadi, ammo kompaniya uning asosiy o‘ziga xosliklarini va tashqi ko‘rinishini to‘liq oshkor etdi.

Mish-mishlarda aytilganidek, Galaxy Z Flip binafsharang va qora tusli korpuslarda chiqariladi. Uning asosiy o‘ziga xosligi – katta qayishqoq ekrani bilan buklash mexanizmidir. Motorola Razr modelidan farqli ravishda, Samsung buklamafonini 90 darajalik burchak ostida ham ishlatish mumkin: bu rejimda videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, shtativsiz ham rolik suratga olish mumkin.

O‘QING: Galaxy Z Flip buklamafonining narxi haqida xushxabar bor!

Samsung Galaxy Z Flip modelining boshqa xususiyatlari ham allaqachon aniq bo‘lgan:

Displey: 6,7 dyuymlik, Dynamic AMOLED, Full HD+, 22:9

Protsessor: Snapdragon 855+

Xotira: 8 GB tezkor va 256 GB doimiy

Kamera: 12+12 MPlik bosh va 10 MPlik old kameralar

Akkumulyator: 3300 mA/soatlik

Operatsion tizim: Android 10 bazasidagi One UI 2.0

Ko‘rib turganingizdek, Galaxy Z Flip texnik jihatlariga ko‘ra o‘tgan yilgi flagmanlar qatorida turadi. Bukiluvchan displeyning yangi texnologiyasi tufayli Samsung bu modelida boshqa jihatlardan ozroq tejagan – tannarxi yuqori bo‘lib ketmasligi uchun.

O‘QING: Galaxy Z Flip hamda Galaxy S20’lar haqida qiziq xabar: Samsung’dan buni hech kim kutmagan edi! (+video)